AKT sohasida mutaxassis va investorlarga tavsiya berish tartibi belgilandi

© Unsplash / HelloquenceRabota za kompyuterom
Rabota za kompyuterom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2022
Obuna bo‘lish
Tavsiya Ekspert guruhining xulosasi asosida 3-yildan ortiq bo‘lmagan muddatga beriladi.
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga tavsiya berish tartibi belgilandi. Bu bo‘yicha tegishli nizom 16-sentabr kuni Adliya vazirligida ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Nizomga ko‘ra, tavsiya quyidagilarga beriladi:
O‘zbekistonda axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun investitsiya kiritayotgan xorijiy investorga;
Axborot texnologiyalari sohasida oxirgi 12 oyda yillik daromadi 30 ming dollar ekvivalentidan kam bo‘lmagan xorijiy mutaxassisga;
Texnopark rezidentlarining ta’sischisi (ishtirokchisi)ga.
Ariza beruvchi tavsiya olish uchun arizani veb-portal (www.it-visa.uz) orqali Texnopark direksiyasiga yuboradi.
Arizaga ariza beruvchi va uning oila a’zolariga (turmush o‘rtog‘i, ota-onasi, farzandlari) tegishli pasport nusxalari, ariza beruvchining fotosurati hamda tegishli hujjatlar ilova qilinadi.
Ariza va boshqa hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab 30 kundan oshmagan muddatda Direksiya tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Direksiya ariza kelib tushgan kundan boshlab 1 kunda taqdim etilgan hujjatlarni tekshiradi.
Ariza beruvchiga quyidagi hollarda tavsiya berishni rad etish to‘g‘risida xulosa beriladi:
ariza beruvchi tomonidan O‘zbekistonda bo‘lish qoidalari buzilganligi aniqlanganda;
ariza beruvchi nizomda nazarda tutilgan shaxslar toifasiga kirmasa;
ariza beruvchi nizomda belgilangan tavsiya berish uchun talablarga javob bermasa.
Ariza beruvchiga tavsiya berish rad etilganda, u Direksiyaga rad etish uchun asos bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda tavsiya olish uchun qayta murojaat qilishi mumkin.
Tavsiya olish uchun arizalarni ko‘rib chiqish, tavsiya berish va uning muddatini uzaytirish bepul amalga oshiriladi.
Tavsiya Ekspert guruhining xulosasi asosida 3-yildan ortiq bo‘lmagan muddatga beriladi.
Yangiliklar lentasi
0