Zaxarova ham BMT Bosh assambleyasida ishtirok etish uchun Amerika vizasini oldi

© Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishBrifing ofitsialnogo predstavitelya MID Rossii M. Zaxarovoy
Brifing ofitsialnogo predstavitelya MID Rossii M. Zaxarovoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2022
Obuna bo‘lish
Zaxarova Rossiya delegatsiyasining boshqa bir qator a’zolariga hali viza berilmaganini aytdi.
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova BMT Bosh Assambleyasida ishtirok etish uchun Amerika vizasini olganini, biroq Rossiya delegatsiyasining boshqa bir qator a’zolariga hali viza berilmaganini aytdi.

“Viza masalasiga kelsak, ular delegatsiyaning ba’zi a’zolari - Sergey Viktorovich Lavrov va hamrohlik qiluvchilarning ba’zilariga viza berishdi. Qolganlar haqida hali bir qarorga kelinmagan”, - degan Zaxarova.

“Menga viza berishdi”, - deb aniqlik kiritgan u.

Avvalroq Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va unga hamrohlik qiluvchi bir qator shaxslarga BMT Bosh Assambleyasida ishtirok etish uchun vizalar berilgandi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasi 20-26 sentabr kunlari Nyu-Yorkda o‘tkaziladi.
Yangiliklar lentasi
0