Turkiya Turkmaniston bilan vaqtinchalik viza rejimini joriy qildi

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Mediabankka o‘tishFlag Tursii v Ataturk-parke v tureskom gorode Kemer.
Flag Tursii v Ataturk-parke v tureskom gorode Kemer. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2022
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, viza masalalarini hal qilish uchun Turkiya tomoni Ashxobodda maxsus viza markazini ochgan.
TOShKENT, 15 sen - Sputnik. Turkiya Ashxobod iltimosiga ko‘ra Turkmaniston bilan vaqtinchalik viza rejimini joriy qildi. Bu haqda Turkiyaning “Atavatan Turkmenistan” axborot sayti xabar bergan.
Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning farmoni bilan 2007-yilda qabul qilingan Vazirlar mahkamasining umumiy pasportga ega bo‘lgan turkman fuqarolariga Turkiyada 30 kungacha turistik maqsadlarda vizasiz qolishga ruxsat beruvchi qarori bekor qilindi.
Ta’kidlanishicha, viza masalalarini hal qilish uchun Turkiya tomoni Ashxobodda maxsus viza markazi ochgan, Turkmaniston fuqarolari turli vizalar uchun murojaat qilishlari mumkinligi qayd etilgan.
Avvalroq Turkmaniston tashqi ishlar vazirligi Ashxobod Anqaraga Turkmaniston fuqarolarining Turkiyada bo‘lish qoidalarini tizimli asosda takomillashtirish va saqlash maqsadida Turkmaniston fuqarolari uchun vaqtinchalik viza rejimini joriy etishni so‘raganini ma’lum qilgandi.
Yangiliklar lentasi
0