https://oz.sputniknews.uz/20220915/rossiya-va-ozbekiston-ozaro-hisob-kitobda-milliy-valyutalar-ulushini-oshiradi-28204304.html
Rossiya va O‘zbekiston o‘zaro hisob-kitobda milliy valyutalar ulushini oshiradi
Rossiya va O‘zbekiston o‘zaro hisob-kitobda milliy valyutalar ulushini oshiradi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston ikki tomolama hisob-kitoblarda milliy valyutalar ulushini oshirish muhimligini qayd etmoqda. 15.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-15T21:20+0500
2022-09-15T21:20+0500
2023-04-05T18:39+0500
iqtisod
o‘zbekiston
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/0f/28197816_0:62:1187:730_1920x0_80_0_0_c8b407d272f78bc22468e4250cb668fa.jpg
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston ikki tomolama hisob-kitoblarda milliy valyutalar ulushini oshirish muhimligini qayd etmoqda.Bu haqda Rossiya va O‘zbekiston prezidentlari Samarqandda Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) sammiti doirasida imzolagan keng qamrovli strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiyada aytib o‘tilgan.Eslatib o‘tamiz, 12-sentabrdan Moskva birjasining valyuta bozorida “o‘zbek so‘mi – Rossiya rubli” (UZS/RUB) juftligida savdolar boshlangan edi.Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy aloqalar kengayib bormoqda. Birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan tovar ayirboshlash ikki barobardan ziyod ko‘paydi, o‘tgan yetti oyda esa o‘zaro savdo 30 foizdan ortiq o‘sdi. Ikki tomonlama savdo hajmining 70 foizi yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlardan iborat.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/0f/28197816_31:0:1086:791_1920x0_80_0_0_21d92e406d93bf752eecf5fc9bbab9bf.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, rossiya
iqtisod, o‘zbekiston, rossiya
Rossiya va O‘zbekiston o‘zaro hisob-kitobda milliy valyutalar ulushini oshiradi
21:20 15.09.2022 (yangilandi: 18:39 05.04.2023) TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston ikki tomolama hisob-kitoblarda milliy valyutalar ulushini oshirish muhimligini qayd etmoqda.
Bu haqda Rossiya va O‘zbekiston prezidentlari Samarqandda Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) sammiti doirasida
imzolagan keng qamrovli strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiyada aytib o‘tilgan.
“Tomonlar moliya-bank sohasida hamkorlikni mustahkamlashni qo‘llab-quvvatlashadi va ikki mamlakat kredit tashkilotlari o‘rtasida hisob-kitoblarni uzluksiz amalga oshirish hamda tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning manfaatlarini hisobga olgan holda ikki tomonlama hisob-kitoblarda milliy valyutalar ulushining oshirish muhimligini qayd etadilar”, - deyiladi hujjatda.
Eslatib o‘tamiz, 12-sentabrdan Moskva birjasining valyuta bozorida “o‘zbek so‘mi – Rossiya rubli” (UZS/RUB) juftligida savdolar boshlangan edi.
Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy aloqalar kengayib bormoqda. Birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan tovar ayirboshlash ikki barobardan ziyod ko‘paydi, o‘tgan yetti oyda esa o‘zaro savdo 30 foizdan ortiq o‘sdi. Ikki tomonlama savdo hajmining 70 foizi yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlardan iborat.