https://oz.sputniknews.uz/20220915/qozogiston-aholisi-va-deputatlari-poytaxt-nomi-ozgartirilishini-maqulladi-28150784.html
Qozog‘iston aholisi va deputatlari poytaxt nomi o‘zgartirilishini ma’qulladi
Qozog‘iston aholisi va deputatlari poytaxt nomi o‘zgartirilishini ma’qulladi
Sputnik O‘zbekiston
“Jana Kazaxstan” (“Yangi Qozog‘iston”) deputatlari guruhlari 2-sentabr kuni poytaxtga Ostona nomini qaytarish taklifi bilan chiqdi. 15.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-15T16:05+0500
2022-09-15T16:05+0500
2022-09-15T16:05+0500
dunyoda
qozog‘iston
poytaxt
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/05/24363817_0:158:3077:1889_1920x0_80_0_0_68581c7cad70bc282782be9c069a40d1.jpg
TOShKENT, 15 sent - Sputnik Qozog‘iston aholisi va maslahat deputatlari poytaxt Nur-Sultonning nomi Ostonaga o‘zgartirilishini ma’qullashdi.Seshanba kuni shahar maslahati shahar aholisiga ushbu masala bo‘yicha murojaat qilgan. Ommaviy eshittirishlar onlayn tarzda olib borilgan. Unda shahar aholisi va jamoatchilik vakillari ishtirok etgan. Davlat tarixi instituti direktori o‘rinbosari Burkitbay Ayaganning aytishicha, birinchi prezident Nursulton Nazarboyevning davlatchilikni rivojlantirishda o‘rni katta bo‘lganDeputatlar majlisida so‘zga chiqqanlarning aytishicha, ular poytaxtga avvalgi nomi qaytarilishini ma’qullashadi, chunki Ostona nomi brendga aylangan.“Dunyoda mamlakatlar, poytaxtlarni bir necha marotaba nomlash holatlari bo‘lgan. Ushbu shahar aholisi sifatida men unga avvalgi nomini qaytarilishini qo‘llab-quvvatlayman, chunki shu yillarda u chindan ham mashhur brendga aylangan edi”, - deydi deputat Asqar Smagulov.“Jana Kazaxstan” (“Yangi Qozog‘iston”) deputatlari guruhlari 2-sentabr kuni poytaxtga Ostona nomini qaytarish taklifi bilan chiqdi. Parlamentariy “inson hayotligida uning nomiga shahar nomlanishini noto‘g‘ri deb hisoblaydi, qolaversa, xalq ham poytaxt nomi o‘zgarishini qabul qilmagan”.Ushbu taklif prezidentning bir martalik yetti yillik vakolatini joriy etish tashabbusi bilan bir qatorda Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar loyihasiga kiritilgan. Konstitutsiyaviy kengash chorshanba kuni qonun loyihasini ko‘rib chiqib, uni Asosiy qonunga muvofiq deb topdi.Qozog‘iston poytaxti nomi Ostonadan Nur-Sultonga 2019-yilning mart oyida mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyev prezidentlik vakolatlarini topshirganda o‘zgartirilgan edi. Mamlakat rahbari etib Qosim-Jomart Toqayev saylandi. U birinchi prezident sharafiga poytaxt nomini o‘zgartirishni taklif qilgan. Shu kuni parlament konstitutsiyaga tegishli o‘zgartirishlarni qabul qilgan.
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/05/24363817_174:0:2903:2047_1920x0_80_0_0_3ed47b3603a9df14d5930419acf905c3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, qozog‘iston, poytaxt
dunyoda, qozog‘iston, poytaxt
Qozog‘iston aholisi va deputatlari poytaxt nomi o‘zgartirilishini ma’qulladi
“Jana Kazaxstan” (“Yangi Qozog‘iston”) deputatlari guruhlari 2-sentabr kuni poytaxtga Ostona nomini qaytarish taklifi bilan chiqdi.
TOShKENT, 15 sent - Sputnik Qozog‘iston aholisi va maslahat deputatlari poytaxt Nur-Sultonning nomi Ostonaga o‘zgartirilishini
ma’qullashdi.
Seshanba kuni shahar maslahati shahar aholisiga ushbu masala bo‘yicha murojaat qilgan. Ommaviy eshittirishlar onlayn tarzda olib borilgan. Unda shahar aholisi va jamoatchilik vakillari ishtirok etgan. Davlat tarixi instituti direktori o‘rinbosari Burkitbay Ayaganning aytishicha, birinchi prezident Nursulton Nazarboyevning davlatchilikni rivojlantirishda o‘rni katta bo‘lgan
“Biz birinchi prezidentdan minnatdormiz. Biroq nomni o‘zgartirish shoshilinch tarzda qabul qilingan bo‘lishi mumkin. Onomastik komissiya taklifimizni batafsil o‘rgandi va u talablarga mos, asosiysi jamiyatni birlashtirishga yordam beradi. Chunki biz jamiyatda tarqoqliklarni ko‘rapmiz. O‘ylashimcha, Nursulton Abishevich buni yaxshi tushunadi va xafa bo‘lmaydi”, - deydi u.
Deputatlar majlisida so‘zga chiqqanlarning aytishicha, ular poytaxtga avvalgi nomi qaytarilishini ma’qullashadi, chunki Ostona nomi brendga aylangan.
“Dunyoda mamlakatlar, poytaxtlarni bir necha marotaba nomlash holatlari bo‘lgan. Ushbu shahar aholisi sifatida men unga avvalgi nomini qaytarilishini qo‘llab-quvvatlayman, chunki shu yillarda u chindan ham mashhur brendga aylangan edi”, - deydi deputat Asqar Smagulov.
“Jana Kazaxstan” (“Yangi Qozog‘iston”) deputatlari guruhlari 2-sentabr kuni poytaxtga Ostona nomini qaytarish taklifi bilan chiqdi. Parlamentariy “inson hayotligida uning nomiga shahar nomlanishini noto‘g‘ri deb hisoblaydi, qolaversa, xalq ham poytaxt nomi o‘zgarishini qabul qilmagan”.
Ushbu taklif prezidentning bir martalik yetti yillik vakolatini joriy etish tashabbusi bilan bir qatorda Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar loyihasiga kiritilgan. Konstitutsiyaviy kengash chorshanba kuni qonun loyihasini ko‘rib chiqib, uni Asosiy qonunga muvofiq deb topdi.
Qozog‘iston poytaxti nomi Ostonadan Nur-Sultonga 2019-yilning mart oyida mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyev prezidentlik vakolatlarini topshirganda o‘zgartirilgan edi. Mamlakat rahbari etib Qosim-Jomart Toqayev saylandi. U birinchi prezident sharafiga poytaxt nomini o‘zgartirishni taklif qilgan. Shu kuni parlament konstitutsiyaga tegishli o‘zgartirishlarni qabul qilgan.