Istoriko-etnograficheskiy park Vechniy gorod, voshedshiy v sostav mejdunarodnogo turisticheskogo kompleksa Velikiy shelkoviy put, otkrilsya v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920
ShHT-2022: Samarqand sammiti
Samarqand 15-16 sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) davlat rahbarlari kengashi majlisiga mezbonlik qiladi.

Putin: Pokiston bilan hamkorlik ijobiy davom etishi uchun hamma narsani qilamiz

© POOL / Mediabankka o‘tish15 sentabrya 2022. Prezident RF Vladimir Putin i premyer-ministr Pakistana Shaxbaz Sharif vo vremya vstrechi na polyax sammita Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva (ShOS) v Samarkande.
15 sentabrya 2022. Prezident RF Vladimir Putin i premyer-ministr Pakistana Shaxbaz Sharif vo vremya vstrechi na polyax sammita Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva (ShOS) v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2022
Obuna bo‘lish
Pokiston Osiyodagi ustuvor sheriklardan biri, deb hisoblaydi Rossiya rahbari.
TOShKENT, 15-sentabr – Sputnik. Samarqandda ShHT sammiti doirasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Qayd etilishicha, muzokaralar chog‘ida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilingan. Rossiya va Pokiston o‘rtasidagi savdo aloqalaridagi mavjud vaziyatga izoh bergan Putin, qilinishi kerak bo‘lgan ishlar borligini, ayni vaqtda ikki davlat o‘rtasida turli sohalarda yaxshi istiqbollar mavjudligini ta’kidlagan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, gap temir yo‘l sohasi, shuningdek, “qiziqarli yirik loyihalar” amalga oshirilayotgan energetika sohasi haqida bormoqda.
“Pokiston oqimi suyultirilgan gaz yetkazib berish infratuzilmasini yaratish, Rossiyadan Pokistonga quvur gazini yetkazib berish haqida. Infratuzilmaning bir qismi allaqachon yaratilgan - bu Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston. Pokiston bilan hamkorlik ijobiy davom etishiga bog‘liq holda qo‘limizdan kelganini qilamiz”, - dedi Vladimir Putin.
Rossiya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, Pokiston Osiyodagi ustuvor sheriklardan biridir.
Ular Islomobod tomonidan Rossiya gazini sotib olish masalasini ham muhokama qildi. Yetkazib berishning yagona sharti Afg‘onistonda barqarorlikni ta’minlash ekanligi bildirildi.
O‘z navbatida Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif Putinga Rossiya buyukligini aytib, Islomobod Moskva bilan strategik sohalardagi aloqalarni yanada rivojlantirish niyatida ekanligini bildirdi.

“Siz — super kuchsiz. Hamkorliklarimizni rivojlantirish Pokiston uchun juda foydali bo‘lardi. Siz buyuk davlatingiz qanday salohiyatga ega ekanligini bilasiz va Pokiston ham bu ulkan salohiyatdan foydalanishi mumkin. Bu yerga delegatsiyam bilan energetika, savdo, sarmoya va albatta, boshqa strategik sohalardagi aloqalarimizni yanada rivojlantirish hamda mustahkamlash taklifi bilan keldim.

Siz — o‘z so‘zida turadigan odamsiz, siz qarorlar qabul qilasiz va ularni hayotga tatbiq etasiz. Sizni ishontirib aytmoqchimanki, men siz bilan o‘zaro manfaatli munosabatlar o‘rnatishni xohlayman”, - deydi Shahboz Sharif.
Yangiliklar lentasi
0