https://oz.sputniknews.uz/20220915/ozbekiston-qirgiziston-va-xitoy-temir-yol-loyihasiga-oid-bitim-imzoladi-28131976.html
O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Xitoy temir yo‘l loyihasiga oid bitim imzoladi
O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Xitoy temir yo‘l loyihasiga oid bitim imzoladi
Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston hududidagi temir yo‘l qurilishi loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha barcha ishlar 2023-yil birinchi yarim yilligida yakunlanadi. 15.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-15T11:50+0500
2022-09-15T11:50+0500
2022-09-15T11:50+0500
jamiyat
“xitoy-qirg‘iziston-o‘zbekiston” temir yo‘li
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/0f/28131475_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_e6031e4a455e0128f472c5955e19665b.jpg
TOShKENT, 15 sen - Sputnik. Kecha Samarqandda Xitoy, Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasida “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishi loyihasi (Qirg‘iziston hududida) bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, uch tomonlama bitim ShHT Samarqand sammiti doirasida 14-sentabr kuni O‘zbekiston Transport vazirligi, Qirg‘iziston Transport va kommunikatsiyalar vazirligi, Xitoy Taraqqiyot va islohotlar davlat qo‘mitasi o‘rtasida imzolangan.Mazkur hujjat bilan Qirg‘iziston hududidagi temir yo‘l qurilishi loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha barcha ishlarni 2023-yilning birinchi yarim yilligida yakunlash belgilangan. Shuningdek, loyihaning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqishda tomonlarning ishtiroki, moliyalashtirish va xarajatlarni taqsimlashiga aniqlik kiritilgan.Loyiha Xitoydan O‘zbekiston orqali Yevropaga va Janubiy yo‘lar bilan Fors ko‘rfazi davlatlariga tashuvlarni hamda savdo geografiyasini kengaytirish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.Ma’lumot uchun, temir yo‘l qurilishi butun Markaziy Osiyo mintaqasining transport va tranzit salohiyatini oshiradi. Magistral Xitoy, Qirg‘iziston va O‘zbekistonni Kaspiy dengizi portlari va undan keyin Yevropa bilan, kelajakda esa Transafg‘on temir yo‘li orqali Pokiston portlari bilan bog‘lashi mumkin.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/0f/28131475_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_e10d5490720b6d98cd52924cc658f510.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, “xitoy-qirg‘iziston-o‘zbekiston” temir yo‘li
jamiyat, “xitoy-qirg‘iziston-o‘zbekiston” temir yo‘li
O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Xitoy temir yo‘l loyihasiga oid bitim imzoladi
Qirg‘iziston hududidagi temir yo‘l qurilishi loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha barcha ishlar 2023-yil birinchi yarim yilligida yakunlanadi.
TOShKENT, 15 sen - Sputnik. Kecha Samarqandda Xitoy, Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasida “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishi loyihasi (Qirg‘iziston hududida) bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi. Qayd etilishicha, uch tomonlama bitim ShHT Samarqand sammiti doirasida 14-sentabr kuni O‘zbekiston Transport vazirligi, Qirg‘iziston Transport va kommunikatsiyalar vazirligi, Xitoy Taraqqiyot va islohotlar davlat qo‘mitasi o‘rtasida imzolangan.
Mazkur hujjat bilan Qirg‘iziston hududidagi temir yo‘l qurilishi loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha barcha ishlarni 2023-yilning birinchi yarim yilligida yakunlash belgilangan. Shuningdek, loyihaning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqishda tomonlarning ishtiroki, moliyalashtirish va xarajatlarni taqsimlashiga aniqlik kiritilgan.
Loyiha Xitoydan O‘zbekiston orqali Yevropaga va Janubiy yo‘lar bilan Fors ko‘rfazi davlatlariga tashuvlarni hamda savdo geografiyasini kengaytirish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Ma’lumot uchun, temir yo‘l qurilishi butun Markaziy Osiyo mintaqasining transport va tranzit salohiyatini oshiradi. Magistral Xitoy, Qirg‘iziston va O‘zbekistonni Kaspiy dengizi portlari va undan keyin Yevropa bilan, kelajakda esa Transafg‘on temir yo‘li orqali Pokiston portlari bilan bog‘lashi mumkin.