Istoriko-etnograficheskiy park Vechniy gorod, voshedshiy v sostav mejdunarodnogo turisticheskogo kompleksa Velikiy shelkoviy put, otkrilsya v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920
ShHT-2022: Samarqand sammiti
Samarqand 15-16 sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) davlat rahbarlari kengashi majlisiga mezbonlik qiladi.

Ilhom Aliyev Samarqandga yetib keldi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVizit prezidenta Azerbaydjana Ilxama Aliyeva v Uzbekistan
Vizit prezidenta Azerbaydjana Ilxama Aliyeva v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2022
Obuna bo‘lish
Ozarbayjon prezidentini O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashinining majlisiga faxriy mehmon sifatida taklif etilgan Ozarbayjon Respublikasi prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekistonga keldi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
ShHT sammiti

Eslatib o‘tamiz, bugun Samarqandda ShHT davlat rahbarlari sammiti boshlandi. Unda 15 ga yaqin davlat rahbari va 10 dan ortiq xalqaro tashkilotlar yetakchilari ishtirok etishi kutilmoqda.

Ushbu sammit O‘zbekistonning ShHTga raislik davrining yakuni bo‘ladi. O‘tgan yil mobaynida ShHT doirasida O‘zbekiston tomonidan 80 tadan ortiq tadbirlar tashkil qilindi, ularning mantiqiy natijasi sifatida Samarqand sammitida 30 taga yaqin davlatlararo hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Ushbu hujjatlar ShHTga a’zo davlatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash va uni yangi bosqichga olib chiqishni maqsad qilgan.

Ular orasida mintaqaviy savdo, sanoat kooperatsiyasi va transport aloqalarini rag‘batlantirish konsepsiyasi va dasturlari bor. Shuningdek, yashil iqtisodiyot, innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar, logistika, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot va boshqa yo‘nalishlarda ham qo‘shma loyiha va tadbirlar ishlab chiqilmoqda.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0