Istoriko-etnograficheskiy park Vechniy gorod, voshedshiy v sostav mejdunarodnogo turisticheskogo kompleksa Velikiy shelkoviy put, otkrilsya v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920
ShHT-2022: Samarqand sammiti
Samarqand 15-16 sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) davlat rahbarlari kengashi majlisiga mezbonlik qiladi.

Eron prezidenti ShHT bilan turli sohalarda hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tish19 iyulya 2022. Prezident Irana Ebraxim Raisi na sovmestnom s prezidentom RF Vladimirom Putinim i prezidentom Tursii Redjepom Tayipom Erdoganom zayavlenii dlya pressi po itogam vstrechi glav gosudarstv - garantov Astaninskogo protsessa sodeystviya siriyskomu uregulirovaniyu.
19 iyulya 2022. Prezident Irana Ebraxim Raisi na sovmestnom s prezidentom RF Vladimirom Putinim i prezidentom Tursii Redjepom Tayipom Erdoganom zayavlenii dlya pressi po itogam vstrechi glav gosudarstv - garantov Astaninskogo protsessa sodeystviya siriyskomu uregulirovaniyu. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2022
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Eron prezidenti Ibrohim Raisiy Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) bosh kotibi Chjan Min bilan uchrashdi. Bu haqda Eron prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Eron prezidenti Ibrohim Raisiy ShHT bosh kotibi Chjan Min bilan uchrashuvda Tehron tashkilot va uning a’zolari bilan turli sohalarda hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qildi”, - deyiladi xabarda.
Raisiy Eronning siyosiy, iqtisodiy, texnologiya va transport sohalaridagi salohiyatlarini qayd etdi.
O‘z navbatida Chjan Min Eron mintaqa va dunyodagi xavfsizlikni ta’minlashda jiddiy rol o‘ynay oladigan katta va nufuzli mamlakat ekanini qayd etdi.
Avvalroq Tehron mamlakatga ShHTga to‘laqonli a’zolikka yo‘l ochuvchi tashkilot doirasidagi majburiyatlar to‘g‘risidagi memorandumni imzolagan edi. 2021-yil Dushanbeda bo‘lib o‘tgan sammitda Eronni tashkilotga qabul qilish jarayoni boshlangan edi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Eron prezidenti Ibrohim Raisiy rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelgan. Samarqandda oliy darajadagi O‘zbekiston va Eron muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar yakunida hamkorlikning turli sohalarini qamrab olgan 18 ta hujjat imzolandi.
Raisiy 15-16 sentabr kunlari ShHTning Samarqand sammiti tadbirlarida ham qatnashadi.
ShHT - 2001-yilda tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir. Unga Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Pokiston va O‘zbekiston a’zo.
Kuzatuvchi davlatlar – Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston, hamkor davlatlar – Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka.
Yangiliklar lentasi
0