https://oz.sputniknews.uz/20220914/uzbekistan-gtl-dunyoda-birinchi-bolib-sintetik-aviakerosin-ishlab-chiqarishni-boshladi-28087937.html
“Uzbekistan GTL” dunyoda birinchi bo‘lib sintetik aviakerosin ishlab chiqarishni boshladi
“Uzbekistan GTL” dunyoda birinchi bo‘lib sintetik aviakerosin ishlab chiqarishni boshladi
Sputnik O‘zbekiston
Yoqilg‘ini Xalqaro aviasohani tartibga soluvchi tashkilot (IATA) ma’qullagan. Sintetik dizel yoqilg‘isining birja narxi arzonlashtiriladi. 14.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-14T13:34+0500
2022-09-14T13:34+0500
2022-09-14T13:34+0500
iqtisod
uzbekistan gtl
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/0e/28087614_0:29:1280:749_1920x0_80_0_0_f679434044db786129921bbe2097b062.jpg
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. “Uzbekistan GTL” zavodida sintetik aviakerosin ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” matbuot xizmati xabar berdi.Sintetik kerosinning 23 ta asosiy fizik-kimoviy va texnik parametrlari to‘liq talab darajasiga yetkazilgan. Asosiy parametrlardan biri bo‘lgan muzlash harorati xalqaro standart talab darajasiga (-47°S) yetkazish ishlari yakunlangan.Xalqaro aviasohani tartibga soluvchi tashkilot (IATA) va ASTM International undan aviatsiya yoqilg‘isi uchun xom ashyo sifatida foydalanishga ruxsat etgan.IATA tavsiyasiga ko‘ra sintetik kerosinining birinchi partiyasi namunasi muvofiqlik sertifikatini olish uchun SGS kompaniyasining Estoniya, Belgiya va Fransiyadagi laboratoriyalariga tahlil va tegishli xulosa olish uchun yuborilgan.“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev ishlab chiqarish hajmini oshirib borish natijasida mahsulot tannarxining arzonlashishiga erishish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi.So‘nggi ikki oy ichida ikkinchi marotaba narx arzonlashtirilib, joriy yilning 29-avgust kuni sintetik dizelning boshlang‘ich narxi 15 mln. 550 ming 500 so‘mdan 14 mln. 504 ming 378 so‘mgacha kamaytirilgan edi.15 iyun kuni “Uzbekistan GTL” zavodida O‘zbekiston tarixida birinchi sintetik nefti, 29-iyun kuni ilk bor sintetik dizel, keyinchalik “GTL” sintetik naftasi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/0e/28087614_122:0:1159:778_1920x0_80_0_0_04fcf98fe25da5320072ff8557b94f35.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, uzbekistan gtl
“Uzbekistan GTL” dunyoda birinchi bo‘lib sintetik aviakerosin ishlab chiqarishni boshladi
Yoqilg‘ini Xalqaro aviasohani tartibga soluvchi tashkilot (IATA) ma’qullagan. Sintetik dizel yoqilg‘isining birja narxi arzonlashtiriladi.
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. “Uzbekistan GTL” zavodida sintetik aviakerosin ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” matbuot xizmati
xabar berdi. “Nafaqat O‘zbekiston, balki jahon tarixida ilk bor “Uzbekistan GTL” zavodida xalqaro standart (ASTM D-7566) va texnik talablariga mos bo‘lgan sintetik aviakerosin mahsuloti ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi”, - deyiladi xabarda.
Sintetik kerosinning 23 ta asosiy fizik-kimoviy va texnik parametrlari to‘liq talab darajasiga yetkazilgan. Asosiy parametrlardan biri bo‘lgan muzlash harorati xalqaro standart talab darajasiga (-47°S) yetkazish ishlari yakunlangan.
Xalqaro aviasohani tartibga soluvchi tashkilot (IATA) va ASTM International undan aviatsiya yoqilg‘isi uchun xom ashyo sifatida foydalanishga ruxsat etgan.
IATA tavsiyasiga ko‘ra sintetik kerosinining birinchi partiyasi namunasi muvofiqlik sertifikatini olish uchun SGS kompaniyasining Estoniya, Belgiya va Fransiyadagi laboratoriyalariga tahlil va tegishli xulosa olish uchun yuborilgan.
“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev ishlab chiqarish hajmini oshirib borish natijasida mahsulot tannarxining arzonlashishiga erishish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi.
14 sentabr boshlab O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi orqali sotuvga joylashtiriladigan sintetik dizel yoqilg‘isining bir tonnasi boshlang‘ich narxi 13 mln. 897 ming 109 so‘mgacha arzonlashtiriladi.
So‘nggi ikki oy ichida ikkinchi marotaba narx arzonlashtirilib, joriy yilning 29-avgust kuni sintetik dizelning boshlang‘ich narxi 15 mln. 550 ming 500 so‘mdan 14 mln. 504 ming 378 so‘mgacha kamaytirilgan edi.
15 iyun kuni “Uzbekistan GTL” zavodida O‘zbekiston tarixida birinchi
sintetik nefti, 29-iyun kuni ilk bor
sintetik dizel, keyinchalik “GTL”
sintetik naftasi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan edi.