Rossiya va Tojikiston hisob-kitoblarni milliy valyutalarga o‘tkazishi mumkin

© ShutterstockDengi v rukax
Dengi v rukax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2022
Obuna bo‘lish
Moskva va Dushanbe hisob-kitoblarni milliy valyutalarga o‘tkazish masalasini muhokama qilmoqda, dedi Sirojiddin Muhriddin.
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Tojikiston va Rossiya Moliya vazirliklari va Milliy banklari hisob-kitoblarni milliy valyutalarga o‘tkazish masalasini faol muhokama qilmoqda. Bu haqda Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin RIA Novostiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Hozirda milliy valyutalardan foydalanishni kengaytirish istiqbollarini aniqlash bo‘yicha ishlar olib borilayotganidan xabarim bor”, - deydi vazir.
Tojikiston TIV rahbarining so‘zlariga ko‘ra, tomonlar valyutani tartibga solish bo‘yicha milliy qonunchilikdagi farqlar, milliy valyutalarda o‘zaro hisob-kitoblarning hozirgi holatini tahlil qilmoqda, shuningdek, mumkin bo‘lgan cheklovlarni ham ko‘rib chiqapti.
Ma’lumot uchun, MDH davlatlari orasida so‘nggi bir necha oy ichida o‘zaro hisob-kitoblarni milliy valyutalarda amalga oshirish odatiy hola aylanmoqda. Ayniqsa YeOIIga a’zo davlatlar orasida. Rossiya eng yirik savdo hamkorlaridan biri bo‘lgan Xitoy bilan o‘zaro savdoda milliy valyutalarga o‘tish haqida bitim mzolagan. Shuningdek Xitoy va YeOII davlatlari orasida ham ana shunday bitim imzolanishi rejalashtirilmoqda. Tashqi savdoda ushbu o‘zgarishlar dollarga talabning pasayishiga va asosiy hamkor davlatlar Xitoy va Rossiya milliy valyutasiga talabning oshishiga olib keladi.
Yangiliklar lentasi
0