https://oz.sputniknews.uz/20220914/rossiya-harbiylariga-yangi-snayper-miltiqlari-etkazib-berildi-28091024.html
Rossiya harbiylariga yangi snayper miltiqlari yetkazib berildi
Rossiya harbiylariga yangi snayper miltiqlari yetkazib berildi
Sputnik O‘zbekiston
Ukrainada faoliyat yuritayotgan Rossiya maxsus kuchlari yangi turdagi "Chukavin" snayper miltiqlarini oldi. 14.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-14T17:58+0500
2022-09-14T17:58+0500
2022-09-14T17:58+0500
rossiya
qurol
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/0e/28091116_0:0:2901:1632_1920x0_80_0_0_e2541723704cafdde5021b2472369fdd.jpg
TOShKENT, 14 sen - Sputnik. Ukrainada jangovar harakatlarda ishtirok etayotgan Rossiya maxsus kuchlariga jangovar amaliyot uchun eng so‘nggi model armiya "Chukavin snayper vintovkalari" (SVCh) yetkazib berildi, deb xabar berdi RIA Novosti.Uning aniqlik kiritishicha, SVCh 7,62 x 54 millimetr o‘lchamdagi mahalliy snayper patroniga moslashtirilgan. U "Kalashnikov" konserni tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib bir kilometrgacha bo‘lgan masofalarda birinchi o‘q bilan nishonlarni mag‘lub etishni ta’minlashi kerak.Yarim avtomatik snayper miltig‘i kompleksi ikkita eng keng tarqalgan patronlar uchun mo‘ljallangan - mahalliy 7,62 x 54 mm va NATO patroni 7,62 x 51mm.SVChning o‘q-dorisiz og‘irligi - 4,6 kilogramm, uzunligi versiyaga qarab 115 smgacha, magaziniga 10 ta patron sig‘adi.Chukavin snayper miltig‘i asta-sekin qo‘shinlarda Rossiya armiyasining asosiy snayper miltig‘i bo‘lgan "SVD" o‘rnini bosishi kutilmoqda. SVD deyarli 60-yil oldin - 1963-yilda qabul qilingan. Miltiq o‘z-o‘zidan yuklanadi va 7,62 x 54 patroniga moslashgan. O‘tgan yillar dvomida SVD o‘zini qulay va ishonchli qurol sifatida namoyish qildi, lekin bir o‘q bilan nishonga tegish ko‘rsatgichi zamonaviy talablarga javob bermay qoldi.Yangi SVChning davlat sinovlari o‘tgan kuzda yakunlandi va joriy yilda u qo‘shinlarga yetkazila boshlaydi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/0e/28091116_66:0:2297:1673_1920x0_80_0_0_c85b409a5680f8506d1d03a08e40f25f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, qurol
Rossiya harbiylariga yangi snayper miltiqlari yetkazib berildi
Ukrainada faoliyat yuritayotgan Rossiya maxsus kuchlari yangi turdagi "Chukavin" snayper miltiqlarini oldi.
TOShKENT, 14 sen - Sputnik. Ukrainada jangovar harakatlarda ishtirok etayotgan Rossiya maxsus kuchlariga jangovar amaliyot uchun eng so‘nggi model armiya "Chukavin snayper vintovkalari" (SVCh) yetkazib berildi, deb xabar berdi RIA Novosti.
"Maxsus operatsiya kuchlariga Ukrainada olib borilayotgan harbiy operatsiyani jangovar sharoitlarda sinovdan o‘tkazish uchun "Chukavin" snayper miltiqlarining partiyasi yetkazib berildi. Yangi miltiq majmuasi haqidagi dastlabki sharhlar ijobiy bo‘ldi", - dedi agentlik suhbatdoshi.
Uning aniqlik kiritishicha, SVCh 7,62 x 54 millimetr o‘lchamdagi mahalliy snayper patroniga moslashtirilgan. U "Kalashnikov" konserni tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib bir kilometrgacha bo‘lgan masofalarda birinchi o‘q bilan nishonlarni mag‘lub etishni ta’minlashi kerak.
Yarim avtomatik snayper miltig‘i kompleksi ikkita eng keng tarqalgan patronlar uchun mo‘ljallangan - mahalliy 7,62 x 54 mm va NATO patroni 7,62 x 51mm.SVChning o‘q-dorisiz og‘irligi - 4,6 kilogramm, uzunligi versiyaga qarab 115 smgacha, magaziniga 10 ta patron sig‘adi.
Chukavin snayper miltig‘i asta-sekin qo‘shinlarda Rossiya armiyasining asosiy snayper miltig‘i bo‘lgan "SVD" o‘rnini bosishi kutilmoqda. SVD deyarli 60-yil oldin - 1963-yilda qabul qilingan. Miltiq o‘z-o‘zidan yuklanadi va 7,62 x 54 patroniga moslashgan. O‘tgan yillar dvomida SVD o‘zini qulay va ishonchli qurol sifatida namoyish qildi, lekin bir o‘q bilan nishonga tegish ko‘rsatgichi zamonaviy talablarga javob bermay qoldi.
Yangi SVChning davlat sinovlari o‘tgan kuzda yakunlandi va joriy yilda u qo‘shinlarga yetkazila boshlaydi.