https://oz.sputniknews.uz/20220914/qurilayotgan-binolarda-quyosh-suv-isitish-qurilmalarini-ornatish-shart-boladi-28097502.html
Qurilayotgan binolarda quyosh suv isitish qurilmalarini o‘rnatish shart bo‘ladi
Qurilayotgan binolarda quyosh suv isitish qurilmalarini o‘rnatish shart bo‘ladi
Sputnik O‘zbekiston
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatish ko‘zda tutilmagan loyiha hujjatlari bo‘yicha qurilish ishlarini boshlash taqiqlanadi. 14.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-14T19:01+0500
2022-09-14T19:01+0500
2022-09-14T19:01+0500
jamiyat
quyosh suv isitish qurilmalari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/0e/28096877_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_0b44a081fb5650a4e225fcc9445f8cf7.jpg
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirzoyev “Energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.Talablar quyidagi, jumladan, davlat va xususiy obyektlarga taalluqli:Hujjat bilan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatish ko‘zda tutilmagan loyiha hujjatlari bo‘yicha qurilish ishlarini boshlash taqiqlanadi.Ijtimoiy soha obyektlari va boshqa budjet tashkilotlari rahbarlari va mas’ul xodimlari faoliyati samaradorligining muhim ko‘rsatkichlarini (KPI) baholash tizimida energiya tejovchi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish ishlari alohida inobatga olinadi.Eslatib o‘tamiz, iyun oyida prezident ijtimoiy soha obyektlarida ham bosqichma-bosqich muqobil energiya uskunalarini o‘rnatish muhimligini ta’kidlagan edi. 2023-yildan restoranlar, mehmonxonalar, supermarketlar, do‘konlar, avtomobillarga gaz va yoqilg‘i quyish stansiyalari, aeroport, temir yo‘l va avtobus vokzallari, xususiy ta’lim va tibbiyot tashkilotlariva boshqalar kamida 25 foiz issiq suv iste’moli va tashqi yoritishni muqobil energiya hisobidan qoplash talabi kiritilishi ma’lum qilgan edi.Yil yakuniga qadar 2 107 ta bog‘chada, 1 ming maktabda, 1 071 ta oilaviy shifokor punkti, poliklinika va shifoxonalarda, 1 ming mahallada tashkil etilayotgan yangi tibbiyot punktlarida, 200 ta sanatoriy va boshqa dam olish maskanlarida quyosh elektr panellari va suv isitish qurilmalarini o‘rnatish vazifasi topshirilgan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/0e/28096877_160:0:1120:720_1920x0_80_0_0_58fd4923794eb5a5e4e0e07e32603a1d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, quyosh suv isitish qurilmalari
jamiyat, quyosh suv isitish qurilmalari
Qurilayotgan binolarda quyosh suv isitish qurilmalarini o‘rnatish shart bo‘ladi
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatish ko‘zda tutilmagan loyiha hujjatlari bo‘yicha qurilish ishlarini boshlash taqiqlanadi.
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirzoyev
“Energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni
imzoladi. Unga ko‘ra,2023 yil 1-yanvardan boshlab yangi quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan barcha bino-inshootlarni loyihalashtirish va ishga tushirishda issiq suv iste’moli hajmining kamida 25 foizini quyosh suv isitish qurilmalari o‘rnatish orqali qoplash talab etiladi.
Talablar quyidagi, jumladan, davlat va xususiy obyektlarga taalluqli:
ta’lim muassasalari sog‘liqni saqlash, madaniyat va turizm;
lokal isitish issiqlik tizimiga ulanadigan ko‘p xonadonli uy-joylar, shu jumladan "Yangi O‘zbekiston" massivlari;
umumiy maydoni 1 ming kvadrat metrdan katta bo‘lgan barcha savdo-ko‘ngilochar markazlari.
Hujjat bilan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatish ko‘zda tutilmagan loyiha hujjatlari bo‘yicha qurilish ishlarini boshlash taqiqlanadi.
Issiq suvdan foydalanish rejalashtirilgan yangi bino-inshootlarda (yakka tartibdagi uy-joylar bundan mustasno) quyosh suv isitish qurilmalarini o‘rnatish ko‘zda tutilmagan taqdirda bunday bino-inshootlarni foydalanishga qabul qilish taqiqlanadi.
Ijtimoiy soha obyektlari va boshqa budjet tashkilotlari rahbarlari va mas’ul xodimlari faoliyati samaradorligining muhim ko‘rsatkichlarini (KPI) baholash tizimida energiya tejovchi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish ishlari alohida inobatga olinadi.
Eslatib o‘tamiz, iyun oyida prezident ijtimoiy soha obyektlarida ham bosqichma-bosqich muqobil energiya uskunalarini o‘rnatish muhimligini ta’kidlagan edi. 2023-yildan restoranlar, mehmonxonalar, supermarketlar, do‘konlar, avtomobillarga gaz va yoqilg‘i quyish stansiyalari, aeroport, temir yo‘l va avtobus vokzallari, xususiy ta’lim va tibbiyot tashkilotlariva boshqalar kamida 25 foiz issiq suv iste’moli va tashqi yoritishni muqobil energiya hisobidan qoplash talabi kiritilishi ma’lum qilgan edi.
Yil yakuniga qadar 2 107 ta bog‘chada, 1 ming maktabda, 1 071 ta oilaviy shifokor punkti, poliklinika va shifoxonalarda, 1 ming mahallada tashkil etilayotgan yangi tibbiyot punktlarida, 200 ta sanatoriy va boshqa dam olish maskanlarida quyosh elektr panellari va suv isitish qurilmalarini o‘rnatish vazifasi topshirilgan edi.