O‘zbekiston va Eron muzokaralari yakunida 18 ta hujjat imzolandi - ro‘yxat

Obuna bo‘lish
Ikki mamlakat sayyohlik guruhlari uchun viza tartibotlari soddalashtiriladi.
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Oliy darajadagi O‘zbekiston-Eron muzokaralari samarali va amaliy ruhda o‘tdi. Uchrashuv yakunida hamkorlikning turli sohalarini qamrab olgan 18 ta hujjat imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Eron prezidenti Ibrohim Raisiy Qo‘shma bayonot imzoladilar. Unda asosiy kelishuvlar qayd etilgan hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish borasidagi uzoq muddatli vazifalar belgilangan.
Muzokaralar yakunida ikki tomonlama bitim va memorandumlar imzolandi.
Bular:
ishbilarmonlik va ilmiy doiralar vakillari hamda sayyohlik guruhlari uchun viza tartibotlarini soddalashtirish to‘g‘risida bitim;
diplomatik pasportlar egalarini viza talablaridan ikki tomonlama ozod etish to‘g‘risida bitim;
2022-2025 yillarda turizm sohasidagi hamkorlik dasturi;
fan, texnika va innovatsiya sohalarida o‘zaro anglashuv to‘g‘risida memorandum;
bojxona chegarasi orqali tovarlar va transport vositalarining harakati to‘g‘risida elektron bojxona axborotini almashish to‘g‘risida memorandum;
E-TIRga oid elektron axborotni almashish to‘g‘risida memorandum;
fan, tadqiqotlar, ta’lim va texnologiyalar sohalarida hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
qishloq xo‘jaligi vazirliklari o‘rtasidagi bitim;
sog‘liqni saqlash, davolash, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, ta’lim, farmatsevtika va tibbiy uskunalar sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
sport sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
neft, gaz va neft-kimyo tarmoqlaridagi hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
“Chobahor” porti orqali xalqaro yuk tashishlar va tranzitni amalga oshirish to‘g‘risida memorandum;
2022-2024 yillarda tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik dasturi;
bandlik va mehnat munosabatlari masalalari bo‘yicha memorandum.
Shuningdek, Abu Rayhon nomidagi O‘zbekiston Sharqshunoslik instituti hamda Eron Arxiv tashkiloti va Milliy kutubxonasi o‘rtasida, ikki mamlakatning Ibn Sino fondlari o‘rtasida hujjatlar imzolandi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPo itogam uzbeksko-iranskix peregovorov na visshem urovne sostoyalos podpisanie dvustoronnix soglasheniy i memorandumov.
Shavkat Mirziyoyev i Ibraxim Raisi - Sputnik O‘zbekiston
1/6
Po itogam uzbeksko-iranskix peregovorov na visshem urovne sostoyalos podpisanie dvustoronnix soglasheniy i memorandumov.

2/6
Po itogam uzbeksko-iranskix peregovorov na visshem urovne sostoyalos podpisanie dvustoronnix soglasheniy i memorandumov.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Po itogam uzbeksko-iranskix peregovorov na visshem urovne sostoyalos podpisanie dvustoronnix soglasheniy i memorandumov. - Sputnik O‘zbekiston
3/6
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Po itogam uzbeksko-iranskix peregovorov na visshem urovne sostoyalos podpisanie dvustoronnix soglasheniy i memorandumov. - Sputnik O‘zbekiston
4/6
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Po itogam uzbeksko-iranskix peregovorov na visshem urovne sostoyalos podpisanie dvustoronnix soglasheniy i memorandumov. - Sputnik O‘zbekiston
5/6
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Po itogam uzbeksko-iranskix peregovorov na visshem urovne sostoyalos podpisanie dvustoronnix soglasheniy i memorandumov. - Sputnik O‘zbekiston
6/6
Yangiliklar lentasi
0