Istoriko-etnograficheskiy park Vechniy gorod, voshedshiy v sostav mejdunarodnogo turisticheskogo kompleksa Velikiy shelkoviy put, otkrilsya v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920
ShHT-2022: Samarqand sammiti
Samarqand 15-16 sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) davlat rahbarlari kengashi majlisiga mezbonlik qiladi.

Nikol Pashinyan Samarqanddagi ShHT sammitida qatnashmaydi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishPremyer-ministr Armenii Nikol Pashinyan vo vremya vstrechi v Yerevane s ministrom inostrannix del RF Sergeyem Lavrovim.
Premyer-ministr Armenii Nikol Pashinyan vo vremya vstrechi v Yerevane s ministrom inostrannix del RF Sergeyem Lavrovim. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2022
Obuna bo‘lish
Nikol Pashinyan Armanistondagi vaziyat tufayli Samarqanddagi ShHT sammitida qatnashmaydi.
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Armanistondagi vaziyat tufayli Samarqanddagi ShHT sammitida qatnashmaydi
Bu haqda SputnikArmenia’ga hukumat matbuot xizmati xabar berdi.
13 sentabrga o‘tar kechasi Ozarbayjon armiyasi Armanistonning Tog‘li Qorabog‘ bilan chegaradosh viloyatlariga hujum qilgandi.
Bokuda ta’kidlanishicha, bu operatsiya - yo‘llarni minalashtirilishiga javob chorasi bo‘lib, uning maqsadi - Yerevanni tinchlik shartnomasini imzolashga undashdir.
Yerevan ayblovlarni rad etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Samarqandda 15-16 sentabr kunlari O‘zbekiston raisligida ShHT Davlat rahbarlari kengashining 22-majlisi tadbirlari bo‘lib o‘tadi.
Sammit ishida ShHTga a’zo mamlakatlar – Pokiston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Hindiston, shuningdek, tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlatlar – Belarus, Mo‘g‘uliston va Eron yetakchilari ishtirok etadi.
Faxriy mehmon sifatida Turkiya, Ozarbayjon, Turkmaniston va Armaniston , shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, boshqa nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari taklif etilgan.
Yangiliklar lentasi
0