Misr va Qatarga SHHTning muloqot boʻyicha hamkori maqomi berildi
Misr va Qatarga SHHTning muloqot boʻyicha hamkori maqomi berildi
Hamkor davlat maqomi tashkilotga aʼzo davlatlarning taklifiga binoan SHHT doirasida oʻtkaziladigan tadbirlarda ishtirok etish huquqini beradi. 14.09.2022, Sputnik Oʻzbekiston
TOSHKENT, 14 sen - Sputnik. Misr va Qatar SHHTning muloqot boʻyicha hamkoriga aylandi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi. Oʻzbekiston tomonidan tadbirda Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Furqat Sidiqov ishtirok etdi.Memorandumlar SHHT va yuqoridagi davlatlar oʻrtasida mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik, savdo va investitsiya, energetika, AKT, qishloq xoʻjaligi, transport va kommunikatsiyalar, madaniyat, fan va texnologiyalar, taʼlim, sogʻliqni saqlash, turizm va boshqa sohalarda hamkorlikni nazarda tutadi.Hamkor davlat maqomi tashkilotga aʼzo davlatlarning taklifiga binoan SHHT doirasida oʻtkaziladigan tadbirlarda ishtirok etish huquqini beradi.Memorandumlar imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.
Hamkor davlat maqomi tashkilotga aʼzo davlatlarning taklifiga binoan SHHT doirasida oʻtkaziladigan tadbirlarda ishtirok etish huquqini beradi.
TOSHKENT, 14 sen - Sputnik. Misr va Qatar SHHTning muloqot boʻyicha hamkoriga aylandi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi.
Bugun14 sentyabr kuni Toshkentda Misr Arab Respublikasi va Qatar Davlatiga SHHTning muloqot boʻyicha hamkori maqomi berish toʻgʻrisidagi Memorandumlarni imzolash marosimi boʻlib oʻtdi. Hujjatlarni SHHT Bosh kotibi Chjan Ming, Misr Arab Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Hamdi Sanad Loza va Qatar Davlat Tashqi ishlar davlat vaziri Sulton bin Saad al-Murayxiy imzoladilar.
Oʻzbekiston tomonidan tadbirda Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Furqat Sidiqov ishtirok etdi.
Memorandumlar SHHT va yuqoridagi davlatlar oʻrtasida mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik, savdo va investitsiya, energetika, AKT, qishloq xoʻjaligi, transport va kommunikatsiyalar, madaniyat, fan va texnologiyalar, taʼlim, sogʻliqni saqlash, turizm va boshqa sohalarda hamkorlikni nazarda tutadi.
Hamkor davlat maqomi tashkilotga aʼzo davlatlarning taklifiga binoan SHHT doirasida oʻtkaziladigan tadbirlarda ishtirok etish huquqini beradi.
Memorandumlar imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.
SHHT sammiti
Eslatib oʻtamiz, payshanba kuni Samarqandda SHHT davlat rahbarlari sammiti boshlanadi. Unda 15 ga yaqin davlat rahbari va 10 dan ortiq xalqaro tashkilotlar yetakchilari ishtirok etishi kutilmoqda.
Ushbu sammit Oʻzbekistonning SHHTga raislik davrining yakuni boʻladi. Oʻtgan yil mobaynida SHHT doirasida Oʻzbekiston tomonidan 80 dan ortiq tadbirlar tashkil qilindi, ularning mantiqiy natijasi sifatida Samarqand sammitida 30 taga yaqin davlatlararo hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Ushbu hujjatlar SHHTga aʼzo davlatlar oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash va uni yangi bosqichga olib chiqishni maqsad qilgan.
Ular orasida mintaqaviy savdo, sanoat kooperatsiyasi va transport aloqalarini ragʻbatlantirish kontseptsiyasi va dasturlari bor. Shuningdek, yashil iqtisodiyot, innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar, logistika, qishloq xoʻjaligi, tibbiyot va boshqa yoʻnalishlarda ham qoʻshma loyiha va tadbirlar ishlab chiqilmoqda.