https://oz.sputniknews.uz/20220914/mirziyoev-va-raisiy-qaysi-masalalarni-muhokama-qildi-28101660.html
Mirziyoyev va Raisiy qaysi masalalarni muhokama qildi
Mirziyoyev va Raisiy qaysi masalalarni muhokama qildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Eron yaqin istiqbolda tovar ayirboshlashni 1 milliard dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda. 14.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-14T18:31+0500
2022-09-14T18:31+0500
2022-09-14T18:31+0500
siyosat
ibrohim raisiy
shavkat mirziyoyev
eron
o‘zbekiston
samarqand
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/0e/28101925_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_ab947a5d9980e167f7588dff7ed4ed4b.jpg
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Samarqanddagi Kongress markazida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rasmiy tashrif bilan mamlakatda bo‘lib turgan Eron Islom Respublikasi prezidenti Ibrohim Raisiyning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.Muzokaralarda prezidentlar ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika va madaniy-gumanitar sohalarda amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.Savdo va transport sohalaridagi sheriklikka, ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi.Ta’kidlanishicha, shu maqsadda tegishli “yo‘l xarita”si ishlab chiqiladi. Bundan tashqari, imtiyozli savdo to‘g‘risida bitim imzolash ko‘zda tutilgan.Qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, neft-gaz, qurilish materiallari va metall mahsulotlar ishlab chiqarish tarmoqlarida, fan va innovatsiyalar sohasida boshlangan va ishlab chiqilayotgan kooperatsiya loyihalari qayd etildi. Qo‘shma sanoat klasterlarini yaratish orqali ishlab chiqarishni mahalliylashtirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.Transport-logistika sohasidagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi. “O‘zbekiston – Turkmaniston - Eron” yo‘li orqali avtotransportda yuk tashishni yo‘lga qo‘yish, “Chobahor” porti salohiyatidan samarali foydalanish, yuklar olib kirilishi va tranziti sharoitlarini yengillashtirish bu boradagi imkoniyatlarning kengayishiga xizmat qilishi aytib o‘tildi.Ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi iqtisodiy, turizm va madaniy aloqalarni faollashtirish muhimligi qayd etildi.O‘zbekiston va Eron rahbarlari Afg‘oniston mavzusi yuzasidan ham fikr almashishdi.Ibrohim Raisiy O‘zbekiston prezidentini o‘zi uchun qulay vaqtda javob tashrifi bilan Eronga borishga taklif etdi.O‘tgan yilda O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi tovar ayirboshlash 73 foizga, joriy yil boshidan esa yana 15 foizga oshgan.Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Eron prezidenti Ibrohim Raisiy rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelgani xabar qilingan edi.Raisiy 15-16 sentabr kunlari ShHTning Samarqand sammiti tadbirlarida ham qatnashadi.
eron
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/0e/28101925_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_54f6a1181369126126dd77e2e703d6c0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, ibrohim raisiy, shavkat mirziyoyev, eron, o‘zbekiston, samarqand
siyosat, ibrohim raisiy, shavkat mirziyoyev, eron, o‘zbekiston, samarqand
Mirziyoyev va Raisiy qaysi masalalarni muhokama qildi
O‘zbekiston va Eron yaqin istiqbolda tovar ayirboshlashni 1 milliard dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda.
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Samarqanddagi Kongress markazida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rasmiy tashrif bilan mamlakatda bo‘lib turgan Eron Islom Respublikasi prezidenti Ibrohim Raisiyning uchrashuvi
bo‘lib o‘tdi. Muzokaralarda prezidentlar ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika va madaniy-gumanitar sohalarda amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.
Savdo va transport sohalaridagi sheriklikka, ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi.
Ikki tomonlama savdoni yanada ko‘paytirish, yaqin istiqbolda tovar ayirboshlashni 1 milliard dollarga yetkazish uchun keng imkoniyatlar borligi qayd etildi.
Ta’kidlanishicha, shu maqsadda tegishli “yo‘l xarita”si ishlab chiqiladi. Bundan tashqari, imtiyozli savdo to‘g‘risida bitim imzolash ko‘zda tutilgan.
Qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, neft-gaz, qurilish materiallari va metall mahsulotlar ishlab chiqarish tarmoqlarida, fan va innovatsiyalar sohasida boshlangan va ishlab chiqilayotgan kooperatsiya loyihalari qayd etildi. Qo‘shma sanoat klasterlarini yaratish orqali ishlab chiqarishni mahalliylashtirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Transport-logistika sohasidagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi. “O‘zbekiston – Turkmaniston - Eron” yo‘li orqali avtotransportda yuk tashishni yo‘lga qo‘yish, “Chobahor” porti salohiyatidan samarali foydalanish, yuklar olib kirilishi va tranziti sharoitlarini yengillashtirish bu boradagi imkoniyatlarning kengayishiga xizmat qilishi aytib o‘tildi.
Ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi iqtisodiy, turizm va madaniy aloqalarni faollashtirish muhimligi qayd etildi.
O‘zbekiston va Eron rahbarlari Afg‘oniston mavzusi yuzasidan ham fikr almashishdi.
Ibrohim Raisiy O‘zbekiston prezidentini o‘zi uchun qulay vaqtda javob tashrifi bilan Eronga borishga taklif etdi.
O‘tgan yilda O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi tovar ayirboshlash 73 foizga, joriy yil boshidan esa yana 15 foizga oshgan.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Eron prezidenti Ibrohim Raisiy rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelgani
xabar qilingan edi.Raisiy 15-16 sentabr kunlari ShHTning Samarqand sammiti tadbirlarida ham qatnashadi.