Kollektiv Sharqning shakllanishi yoki ShHT sammitidan nimani kutish mumkin
© SputnikSamarkand, ukrashenniy flagami i simvolikoy sammita ShOS-2022
© Sputnik
Obuna bo‘lish
Rossiya va Xitoy yetakchilarining uchrashuvi hamda Shanxay hamkorlik tashkilotining rolini kuchaytirish - bo‘lajak sammitning asosiy mavzularidan biriga aylanishi mumkin.
Shu hafta 15-16 sentabr kunlari Samarqandda Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti bo‘lib o‘tadi.
Dunyoning eng qadimiy shaharlaridan biri, qadimiy arab qo‘lozmalarida aytilganidek, Sharq durdonasi - Samarqandda ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari, kuzatuvchi davlatlar, turli darajadagi hamkorlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari tashkilotlar yig‘iladi. Shu sababli ham tadbir bu yil eng yirik va eng boy tadbirlardan biriga aylanishini va’da qilmoqda.
Sputnik kolumnisti Samarqand sammiti yakunlari bo‘yicha dunyo qanday global o‘zgarishlar duch kelishi mumkinligiga tahliliy nazar soldi.
Yangi dunyo tartibi
SOVID-19 pandemiyasi fonida ShHTning so‘nggi yillarda bo‘lib o‘tgan sammitlari onlayn tarzda o‘tkazilgan edi. Samarqandda esa barcha ShHT davlatlari – Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston rahbarlari yuzma-yuz uchrashish imkoniga ega bo‘lishadi.
Ulardan tashqari ShHT samiitida kuzatuvchi davlatlar – Belarus, Eron, Mo‘g‘uliston prezidentlari ham ishtirok etishadi. Shuningdek faxriy mehmonlar – Ozarbayjon, Armaniston, Turkmaniston va Turkiya rahbarlari ham kelishi kutilmoqda. Bundan tashqari, BMT, ESKATO, MDH, YeOII, KXShT, OES va boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar vakillari ham ishtirok etishadi.
G‘arb davlatlari ularning yo‘lidan yurmagan davlatlarga misli ko‘rilmagan siyosiy, va sanksiyalar bosimi o‘tkazayotgan bir vaqtda ushbu tadbir ayni muddao bo‘ladi. G‘arb siyosatidan norozi bo‘lgan Yevroosiyo davlatlari unga bir ovozdan yakka qutbli dunyo va "oltin milliardga" bo‘y sunish bundan buyon davom etmasligini baralla aytish imkoniga ega bo‘lishadi.
Aytish joizki ushbu tashabbus nafaqat, so‘nggi vaqtlarda G‘arb tomonidan misli ko‘rilmagan noqonuniy sanksiyalar bosimi ostida qolgan Rossiga tegishli.
Bunday noqonuniy bosim Xitoyga nisbatan ham qo‘llanilmoqda. Reuters xabariga ko‘ra, Bayden ma’muriyati kelgusi oydan boshlab Xitoyga qarshi oldingi savdo cheklovlariga qo‘shimcha ravishda yangi texnologik cheklovlar ham joriy etishni rejalashtirmoqda.
Eron ham bir necha o‘n yillar davomida sanksiyalar ostida yashashga majbur bo‘lmoqda. Sanksiyalar ro‘yxati kundan kunga ortib bormoqda, eyeng so‘nggisi - Rossiyaga uchuvchisiz apparatlar yetkazib bergani uchun. Tehron bir necha bor G‘arbning o‘z va’dalari ustida turmasligiga duch kelgan. AQShning "yadroviy bitim"dan bir tomonlama chiqib ketishi bunga yaqol misol bo‘lishi mumkin.
YeI rossiyaliklarni toifalarga ajratmoqchi
Hozirgi kunda “Jahon politsiyachisi” roliga o‘rganib qolgan “kollektiv G‘arb” davlatlarining bugungi kundagi faoliyati hamda dunyoda kuzatilayotgan geosiyosiy beqarorlik fonida - ShHT muhim muqobil uyushmagan aylanmoqda.
Darhaqiqat - Shanxay hamkorligi tashkiloti bugungi geosiyosiy turbulentlik davrida mustahkam xalqaro ustunga ega bo‘lishni istaydigan yangi va yangi a’zolarni o‘ziga misli magnitdek tortmoqda.
Xususan, Samarqand sammitida Eronning ShHTga a’zo bo‘lishi, Belarusni kuzatuvchi maqomidan a’zolikka o‘tishi kutilmoqda. undan tashqari bir necha davlatlar - Ozarbayjon, Armaniston, Bahreyn, Misr, Kambodja, Qatar, Maldiv orollari, Myanma, Nepal, BAA, Saudiya Arabistoni va Suriyaning ShHTning turli darajadagi hamkori maqomini olish kutilmoqda.
Ko‘rib turganingizdek, "Sharqiy muqobil"ga qo‘shilishni istaydiganlar soni ancha salmoqli.
ShHT dunyoga nima taklif qilmoqda?
Agar ilgari Shanxay hamkorlik tashkiloti xalqaro hamjamiyat tomonidan hududiy muammolarni hal etish va chegara xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘ziga xos birlashma sifatida baholangan bo‘lsa, bugun ShHT bu yirik muqobil blokka – “Kollektiv Sharq”qa aylanish yo‘lidan bormoqda.
Tashkilotga a’zo davlatlarning umumiy hududi 34 million kvadrat km.dan ortiq. (Yevrosiyo hududining qariyb 60%), umumiy aholisi taxminan 3,4 milliard kishi (dunyo aholisining yarmi), umumiy YaIM (a’zo davlatlar va Eron) 23,5 trillion dollarni (jahon yalpi ichki mahsulotining chorak qismi) tashkil etadi.
Qolaversa, G‘arb davlatlari xom-ashyo taqchilligi tufayli jazavaga tushib qolgan bo‘lsa, ShHT tarkibiga tabiiy va xomashyo resurslari bilan ta’minlanganlik bo‘yicha yetakchi davlatlar kiradi. Ya’ni tashkilot o‘zini-o‘zi ta’minlaydi va ulkan resurs salohiyatiga ega. Enrgiya bozorlarining boshqa yetakchilari, masalan, Saudiya Arabistoni, Qatar, BAA ham ShHTga kirishga intilmoqda.
Ikkinchi tomondan buni - ularning "G‘arb siyosiy modeli"dan norozilik belgisi sifatida ham baholash mumkin. Bunga yorqin misol - AQSh prezidenti Jo Baydenning iyul oyida Yaqin Sharqqa qilgan safari. O‘shanda Amerika Qo‘shma Shtatlari rahbari Saudiya Arabistoniga uchib kelib Ar-Riyoddan G‘arbning energetika muammolarini hal qilish uchun, arablarning manfaatlarini hisobga olmagan holda, neft qazib olish hajmini keskin oshirishni talab qilgan edi. Ammo uning talablari e’tiborga olinmadi. Shu bois, AQSh talabini bajarmagan Ar-Riyod, xalqaro hamjamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlashda ehtiyoji bor va uning ShHT tomon intilishi - mantiqan to‘g‘ri.
Katta ehtimol bilan, ShHTga a’zo bo‘lishni xohlovchi davlatlar buni davlatlararo munosabatlar tizimining mantiqiy rivojlanishi sifatida ko‘rmoqda. Zamonaviy dunyo strukturasining tanazzulga uchrashi oddiy ko‘z bilan ham ko‘rinib turibdi – deyarli barcha xalqaro institutlar “kollektiv G‘arb” uchun u yoki bu tarzda xizmat qiladigan “qo‘lbola aspobga aylangan”.
Yevropa tanazzuli butun dunyoga tahdid soladi
Turli xalqaro tuzilmalar (jumladan, BMTda) hammasi ostin-ustun bo‘lgan. Xalqaro sudning Kosovo mustaqilligining e’lon qilinishi - xalqaro huquq normalariga zid emas degan xulosasi bunga yaqqol misol bo‘lishi mumkin. Shuningdek, Yugoslaviyani NATO tomonidan BMTning tegishli sanksiyasisiz bombardimon qilinishiga - xalqaro sud hech qanday munosabat bildirgani yo‘q. Shunchaki ko‘z yumib turishdi.
Yana bir misol - Boltiqbo‘yi mamlakatlari va Ukrainadagi rusiyzabon aholiga nisbatan tayziq o‘tkazilishiga ko‘z yumish. Shuningdek, Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi Qrim va Donbass aholisining Kiyevga nisbatan da’volari va shikoyatlarini e’tiborsiz qoldirganini eslashimiz mumkin.
Darhaqiqat, bunday misollar tasavvur qilib bo‘lmaydigan darajada ko‘p va yangilari muntazam ravishda paydo bo‘ladi. Tuzilmalar go‘yoki ishlayotgandek, lekin aksariyat hollarda ular hamma ishni "kollekvti G‘arb" manfaatlari yo‘lida amalga oshirmoqda.
Ushbu vaziyatdan norozi bo‘lgan va G‘arbning (ba’zan xalqaro tashkilotlar orqali yo‘llagan) buyruqlarini bajarishdan voz kechgan va o‘z manfaatlari ustun qo‘ygan davlatlar uchun - o‘zaro hurmat va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlariga asoslangan muqobil uyushmaning a’zosiga aylanish istagi o‘zini oqlaydi.
Aynan shu sababli ham, ShHT dunyo hamjamiyatining norozi qatlami orasida o‘ziga tobora ko‘proq e’tibor jalb qilmoqda. Shuning uchun ham Samarqand sammitidan G‘arbning bir tomonlama noqonuniy sanksiyalar siyosati va uning "yangi mustamlakachilik" odatlarini - umumjahon hamjamiyati tomonidan qoralanishini aks ettiradigan bayonotni (to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lmasa-da u yerda qabul qilingan hujjatlardan kelib chiqadigan ) kutish mumkin.
Xalqaro munosabatlar tizimini o‘zgartirish zarurati, barcha uchun bir xil tenglik va dunyoga o‘z qarashlarini dunyoga o‘tkazishga urinayotgan yangi mustamlakachilarning yo‘qligi - yangi a’zolarni ShHTga jalb qiladi. Aynan shu sababli ham sammit arafasida ko‘p davlatlari ShHTga kirish istagini bildirmoqda.
Xitoy endi betaraf emasmi?
Dunyo Xitoyning betaraflik siyosatiga o‘rganib qolgan edi, jumladan, Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiya, Qrim kimga tegishliligi, Abxaziya, Janubiy Osetiya, DXR va LXRning xalqaro huquqiy maqomi va boshqa ko‘plab masalalarda ham.
Biroq, umumxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi raisi (boshqacha aytganda, parlament spikeri)ning Rossiyaga tashrifi chog‘idagi so‘nggi bayonotlari Xitoy hozirda jahon tartibini modernizatsiya qilish zarurligini tan olishga tayyor ekanidan dalolat beradi.
Buni tushunish uchun janob Chjanshuning ba’zi tezislari:
"Hayotiy manfaatlariga aloqador masalalarda biz Rossiyani ham doim qo‘llab-quvvatlaymiz va tushunamiz. Masalan, Ukraina masalasida. Biz AQSh va uning NATO ittifoqchilari Rossiya atrofida o‘z kuchini oshirayotganini ko‘rapmiz, Rossiya milliy xavfsizligiga jiddiy tahdid solishini tushunamiz va Rossiya tomonidan o‘z manfaatlarni himoya qilish uchun ko‘rilayotgan barcha choralarni to‘liq tushunamiz va o‘z yordamimizni beramiz”.
"Menimcha, Ukraina inqirozining asl sababi - Rossiyaning Amerika provokatsiyasiga munosib javob qaytarishidir. Qo‘shma Shtatlar dunyoda o‘z hukmronligini saqlab qolishni istaydi va shuning uchun ular bizga (Rossiya va Xitoy) turli hiyla-nayrang bilan bosim o‘tkazishga harakat qilmoqda.
"Ularga qarshi kurashimiz murakkab va uzoq muddatli bo‘ladi. Qo‘shma Shtatlar o‘z provokatsiyalarini osonlikcha to‘xtata olmaydi. Biz bunga ham chidamaymiz, ularning provokatsiyalariga bo‘ysunmaymiz".
"AQShning siz va bizga qarshi sanksiyalari sharoitida, bizning ba’zi qo‘shma hamkorlik sohalarimiz darhaqiqiqat sezgir bo‘lib bormoqda. Biroq men sanksiyalardan qo‘rqib hamkorlikni to‘xtatmasligimiz kerak, deb hisoblayman. Bu noto‘g‘ri. Biz hamkorlikning yangi formatini qo‘llashimiz kerak”.
XXR kabi xalqaro maydondagi jiddiy ishtirokchining xalqaro munosabatlar tizimida tub o‘zgarishlar sodir bo‘lgani G‘arb uchun Yevrosiyoda xalqaro xavfsizlik va hamkorlikning yangi modeli yaratilayotgani haqida juda aniq signal bo‘lishi kerak.
Aytgancha, Xitoy rahbari Si Szinpin ikki yildan ortiq davr ichida ilk marotaba sammitga tashrif buyurish va va ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari bilan uchrashish uchun Xitoyni tark etadi. Germaniyaning Handelsblatt gazetasi yozishicha, uning asosiy maqsadi - Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishdir. Nashr buni Pekinning Rossiyani qo‘llab-quvvatlashining yana bir belgisi deb hisoblaydi.
Va ko‘rib turganimizdek, bunday belgilar tobora ko‘proq, aniqroq va ravshanroq ko‘rinmoqda.
Qizig‘i shundaki, bularning barchasi ShHT sammiti arafasida sodir bo‘ldi. Bu esa Pekinning qat’iy harakatlarga tayyor ekanligidan dalolat beradi. Ehtimol, aynan ushbu mavzu - xalqaro munosabatlarda global inqiroz fonida, Shanxay hamkorlik tashkilotining rolini kuchaytirish - bo‘lajak sammitning asosiy mavzularidan biriga aylanadi.