TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkilotining 22 sammiti Samarqanda o‘tkazilishi munosabati bilan viloyat hokimi Erkinjon Turdimov aholiga murojaat yo‘lladi.Qayd etilishicha, mazkur sammitga tayyorgarlik kecha yoki bugun emas, prezident tomonidan ShHTning 2022-yildagi sammitini Samarqandda o‘tkazish tashabbusi ilgari surilganidan boshlangangan.Buning uchun Samarqand shahrining infratuzilmasi to‘liq yangilandi, yangi yo‘l va ko‘priklar, xiyobonlar qurildi.Qayd etilishicha, mazkur inshootlar, maydon va xiyobonlarda, ko‘chalar atrofida millionlab noyob daraxt va butalar, gullar ekildi.Ushbu bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlarida nafaqat samarqandlik, balki turli hududlardan quruvchi va muhandislar, loyihachilar, arxitektor va mutaxassislar, hunarmand va ustalar, bog‘bonlar ishtirok etdi.Murojaatda shuningdek, sammit tadbirlarini yuksak saviyada o‘tkazish barcha uchun sharaf va ulkan mas’uliyat ekanligini unutmasliq qayd etib o‘tilgan.
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning samarqandliklarga murojaati e’lon qilindi.
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkilotining 22 sammiti Samarqanda o‘tkazilishi munosabati bilan viloyat hokimi Erkinjon Turdimov aholiga murojaat yo‘lladi.
Qayd etilishicha, mazkur sammitga tayyorgarlik kecha yoki bugun emas, prezident tomonidan ShHTning 2022-yildagi sammitini Samarqandda o‘tkazish tashabbusi ilgari surilganidan boshlangangan.
Buning uchun Samarqand shahrining infratuzilmasi to‘liq yangilandi, yangi yo‘l va ko‘priklar, xiyobonlar qurildi.
“Rudakiy, Ibn Sino, Bo‘stonsaroy, Afrosiyob, Shohi Zinda, Sadriddin Ayniy, Registon, Panjikent, Firdavsiy, Dahbed kabi o‘ndan ortiq ko‘chalar rekonstruksiya qilindi. Usta Umar Jo‘raqulov ko‘chasi tubdan qayta qurildi. Bu ko‘chalar atrofidagi turar joy va boshqa obyektlar ham milliy va zamonaviy arxitektura uyg‘unligida yangidan bunyod etildi. Samarqand xalqaro aeroportining o‘ziga xos ko‘rinishdagi zamonaviy yangi terminali qurildi”, - deyiladi murojaatda.
Qayd etilishicha, mazkur inshootlar, maydon va xiyobonlarda, ko‘chalar atrofida millionlab noyob daraxt va butalar, gullar ekildi.
Ushbu bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlarida nafaqat samarqandlik, balki turli hududlardan quruvchi va muhandislar, loyihachilar, arxitektor va mutaxassislar, hunarmand va ustalar, bog‘bonlar ishtirok etdi.
“Ayni paytda ShHT sammitini yuksak saviyada o‘tkazish uchun Samarqandga kelib, bizga yaqindan ko‘mak berayotgan turli sohalar mas’ullari va xodimlariga ham rahmat aytamiz”, deydi Erkinjon Turdimov.
Murojaatda shuningdek, sammit tadbirlarini yuksak saviyada o‘tkazish barcha uchun sharaf va ulkan mas’uliyat ekanligini unutmasliq qayd etib o‘tilgan.
ShHT sammiti
Eslatib o‘tamiz payshanba kuni Samarqandda ShHT davlat rahbarlari sammiti boshlanadi. Unda 15 ga yaqin davlat rahbari va 10 dan ortiq xalqaro tashkilotlar yetakichlari ishtirok etishi kutilmoqda.
Ushbu sammit O‘zbekistonning ShHTga raislik davrining yakuni bo‘ladi. O‘tgan yil mobaynida ShHT doirasida O‘zbekiston tomonidan 80 tadan ortiq tadbirlar tashkil qilindi, ularning mantiqiy natijasi sifatida Samarqand sammitida 30 taga yaqin davlatlararo hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Ushbu hujjatlar ShHTga a’zo davlatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash va uni yangi bosqichga olib chiqishni maqsad qilgan.
Ular orasida mintaqaviy savdo, sanoat kooperatsiyasi va transport aloqalarini rag‘batlantirish konsepsiyasi va dasturlari bor. Shuningdek, yashil iqtisodiyot, innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar, logistika, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot va boshqa yo‘nalishlarda ham qo‘shma loyiha va tadbirlar ishlab chiqilmoqda.