Shotokan karate: JChda o‘zbekistonlik sportchilar 20ta medalga sazovor bo‘lishdi

© Sportni rivojlantirish vazirligi Shotokan karate-do bo‘yicha XII Jahon chempionati bahslari
Shotokan karate-do bo‘yicha XII Jahon chempionati bahslari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.09.2022
Obuna bo‘lish
Jahon chempionati bahslarida jami 32 davlatdan 717 nafar sportchi g‘oliblik uchun tatamiga chiqishdi.
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Shotokan karate bo‘yicha o‘tkazilgan Jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar 20ta medalga sazovor bo‘lishdi. Bu haqida Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Chexiyaning Pardubitse shahrida 9-11 sentabr kunlari shotokan karate-do bo‘yicha XII Jahon chempionati bahslari bo‘lib o‘tdi.
Unda jami 32 davlatdan 717 nafar sportchi g‘oliblik uchun tatamiga chiqishdi.
O‘zbekiston sharafini himoya qilgan 14 nafar sportchi musobaqada yuqori natijalarni qayd etdi va yakunda jami 20ta medalni qo‘lga kiritishdi.
Shohsupaga ko‘tarilgan sportchilar:
Irisqulov Asror – 1ta kumush, 2ta bronza,
Irisqulov Abbos – 1ta oltin, 1ta kumush,
Esanova Munisa – 3ta oltin,
Irisqulov Ahror – 2ta bronza,
Ibragimov Anvar – 1ta oltin, 1ta kumush,
Yakshimova Nasibabonu – 1ta kumush, 2ta bronza,
Ibragimov Adham – 1ta oltin,
Xo‘jaqulov Muhammadabdulaziz – 4ta oltin hamda mutlaq chempion sifatida kubok bilan ham taqdirlandi.
Jahon chempionatida muvaffaqiyatli qatnashgan sportchilar 15-sentabr kuni O‘zbekistonga qaytib kelishadi.
Yangiliklar lentasi
0