Istoriko-etnograficheskiy park Vechniy gorod, voshedshiy v sostav mejdunarodnogo turisticheskogo kompleksa Velikiy shelkoviy put, otkrilsya v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920
ShHT-2022: Samarqand sammiti
Samarqand 15-16 sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) davlat rahbarlari kengashi majlisiga mezbonlik qiladi.

ShHTning muloqot bo‘yicha hamkorlari bittaga ko‘payishi mumkin

© Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishFlagi uchastnikov zasedaniya Soveta ministrov inostrannix del gosudarstv - chlenov ShOS
Flagi uchastnikov zasedaniya Soveta ministrov inostrannix del gosudarstv - chlenov ShOS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.09.2022
Obuna bo‘lish
ShHT yetakchilari Samarqanddagi sammitda Myanmaning muloqot bo‘yicha hamkor maqomini olish haqidagi arizasini ko‘rib chiqadi.
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. 15-16 sentabr kuni Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Samarqandda bo‘lib o‘tadigan sammitida Myanmaning tashkilotning muloqot bo‘yicha hamkori maqomi to‘g‘risidagi so‘rovi ko‘rib chiqiladi. Bu haqda Rossiya prezidentining ShHT ishlari bo‘yicha maxsus vakili Baxtiyor Hakimov ma’lum qildi.
“Davlat rahbarlari kengashining bo‘lajak yig‘ilishida Myanmaning ShHTning muloqot bo‘yicha hamkori maqomini olish haqidagi arizasi ko‘rib chiqiladi”, deydi u. Hakimovning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirdi.
Uning eslatishicha, ariza o‘tgan yili berilgan. Hozircha, “Tashkilotga a’zolikni berish haqida gap yo‘q”, - deya qo‘shimcha qilgan Hakimov.
Ma’lumot uchun, 2021-yil sentabrda Dushanbeda ShHTning navbatdagi sammiti bo‘lib o‘tgandi. Unda Eronni tashkilotga qabul qilish hamda Misr, Qatar va Saudiya Arabistoniga muloqot bo‘yicha hamkor maqomini berish tartibi boshlangan edi.
2022 yil iyunda Belarus ShHTga to‘laqonli a’zo bo‘lish uchun rasman ariza topshirdi. Samarqand sammitida tashkilotga a’zo davlatlar rahbarlari ushbu mamlakatni ShHTga to‘laqonli a’zo sifatida qabul qilish tartibini boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilishlari kutilmoqda.
ShHT — 2001-yilda tashkil etilgan xalqaro tashkilot. Unga Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Pokiston va O‘zbekiston a’zo bo‘lgan. Belarusdan tashqari ShHTda Afg‘oniston, Eron va Mo‘g‘uliston kuzatuvchi maqomiga ega.
O‘zbekiston 2022-yilda ShHTda raislik qilmoqda. Mamlakat raisligida 80 dan ortiq tadbirlar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
ShHT sammiti

Eslatib o‘tamiz, payshanba kuni Samarqandda ShHT davlat rahbarlari sammiti boshlanadi. Unda 15 ga yaqin davlat rahbari va 10 dan ortiq xalqaro tashkilotlar yetakchilari ishtirok etishi kutilmoqda.

Ushbu sammit O‘zbekistonning ShHTga raislik davrining yakuni bo‘ladi. O‘tgan yil mobaynida ShHT doirasida O‘zbekiston tomonidan 80 dan ortiq tadbirlar tashkil qilindi, ularning mantiqiy natijasi sifatida Samarqand sammitida 30 taga yaqin davlatlararo hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Ushbu hujjatlar ShHTga a’zo davlatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash va uni yangi bosqichga olib chiqishni maqsad qilgan.

Ular orasida mintaqaviy savdo, sanoat kooperatsiyasi va transport aloqalarini rag‘batlantirish konsepsiyasi va dasturlari bor. Shuningdek, yashil iqtisodiyot, innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar, logistika, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot va boshqa yo‘nalishlarda ham qo‘shma loyiha va tadbirlar ishlab chiqilmoqda.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0