Istoriko-etnograficheskiy park Vechniy gorod, voshedshiy v sostav mejdunarodnogo turisticheskogo kompleksa Velikiy shelkoviy put, otkrilsya v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920
ShHT-2022: Samarqand sammiti
Samarqand 15-16 sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) davlat rahbarlari kengashi majlisiga mezbonlik qiladi.

ShHT sammiti mehmonlariga tez tibbiy yordam ko‘rsatish uchun Sall-markaz xizmati ishga tushirildi

© Sputnik / Aleksey Suxorukov / Mediabankka o‘tishRabochee mesto dispetchera
Rabochee mesto dispetchera  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.09.2022
Obuna bo‘lish
Markazda mutaxassislar tomonidan ingliz, rus va xitoy kabi xorijiy tillarda tibbiy murojaatlar qabul qilinadi.
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Sog‘liqni saqlash vazirligi ShHT sammiti mehmonlariga zaruriy tez tibbiy yordam ko‘rsatish uchun "1303" qisqa raqamli Sall-markaz xizmatini ishga tushirdi.
Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti doirasida mamlakatga tashrif buyuradigan chet ellik rasmiy delegatsiya vakillari va mehmonlarga zarur holatlarda sifatli tez tibbiy yordam ko‘rsatish uchun Samarqand shahrida tunu kun faoliyat ko‘rsatuvchi "1303" qisqa raqamli Sall-markaz faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Bu yerda mutaxassislar tomonidan ingliz, rus va xitoy kabi xorijiy tillarda tibbiy murojaatlar qabul qilinadi.
Shuningdek, zarurat tug‘ilganda, tarkibida deyarli barcha ixtisosliklar bo‘yicha mutaxassislar jamlangan 50 ta tibbiy brigada ShHT sammiti delegatsiyalari a’zolariga xizmat ko‘rsatish uchun shay holatga keltirilgan.
Bundan tashqari, har bir delegatsiya vakillaridan Samarqand shahridagi mehmonxonalarga joylashishidan oldin koronavirusga qarshi PZR testlari olinadi.
Shu maqsadda sammit ishtirokchilari va mehmonlar joylashadigan mehmonxonalarning har birida tibbiy mobil guruhlar tashkil etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq sammit o‘tkaziladigan kunlarda Samarqand shahri aholisiga uzluksiz tibbiy yordam ko‘rsatilishi ma’lum qilingandi. Shahar aholisiga 50 ga yaqin tez tibbiy yordam mashinasi va shuncha tibbiy brigada jalb etilgan bo‘lib, ular chaqiriqlar bo‘yicha odatdagidek faoliyat olib boradi.
ShHT sammiti

Eslatib o‘tamiz payshanba kuni Samarqandda ShHT davlat rahbarlari sammiti boshlanadi. Unda 15 ga yaqin davlat rahbari va 10 dan ortiq xalqaro tashkilotlar yetakichlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Ushbu sammit O‘zbekistonning ShHTga raislik davrining yakuni bo‘ladi. O‘tgan yil mobaynida ShHT doirasida O‘zbekiston tomonidan 80 tadan ortiq tadbirlar tashkil qilindi, ularning mantiqiy natijasi sifatida Samarqand sammitida 30 taga yaqin davlatlararo hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Ushbu hujjatlar ShHTga a’zo davlatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash va uni yangi bosqichga olib chiqishni maqsad qilgan.

Ular orasida mintaqaviy savdo, sanoat kooperatsiyasi va transport aloqalarini rag‘batlantirish konsepsiyasi va dasturlari bor. Shuningdek, yashil iqtisodiyot, innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar, logistika, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot va boshqa yo‘nalishlarda ham qo‘shma loyiha va tadbirlar ishlab chiqilmoqda.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0