Istoriko-etnograficheskiy park Vechniy gorod, voshedshiy v sostav mejdunarodnogo turisticheskogo kompleksa Velikiy shelkoviy put, otkrilsya v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920
ShHT-2022: Samarqand sammiti
Samarqand 15-16 sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) davlat rahbarlari kengashi majlisiga mezbonlik qiladi.

Samarqanddagi ShHT sammitida tashkilotga yana oltita yangi hamkor qabul qilinadi

© SputnikSamarkand, ukrashenniy flagami i simvolikoy sammita ShOS-2022
Samarkand, ukrashenniy flagami i simvolikoy sammita ShOS-2022 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.09.2022
Obuna bo‘lish
Samarqand sammiti ShHT hamkor davlatlari sonini kengaytirishda muvaffaqiyatli bo‘ladi, deydi Nurimbetov.
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Shanhay Hamkorlik Tashkilotining Samarqand sammitida tashkilotga yana oltita yangi muloqot bo‘yicha hamkor davlatlar qabul qilinadi. Bu haqda ShHTning O‘zbekistondagi milliy koordinatori Rahmatulla Nurimbetov ma’lum qildi.
Shtatlarning nomlari hozircha oshkor etilmagan. Nurimbetovga ko‘ra, ulardan to‘rttasi arab mamlakati hisoblanadi.
Koordinatorning ta’kidlashicha, Samarqand sammiti “ShHT hamkor davlatlari sonini kengaytirishda muvaffaqiyatli” bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, 2021-yil sentabrda Dushanbeda ShHTning navbatdagi sammiti bo‘lib o‘tgandi. Unda Eronni tashkilotga qabul qilish hamda Misr, Qatar va Saudiya Arabistoniga muloqot bo‘yicha hamkor maqomini berish tartibi boshlangan edi.
2022 yil iyunda Belarus ShHTga to‘laqonli a’zo bo‘lish uchun rasman ariza topshirdi. Samarqand sammitida tashkilotga a’zo davlatlar rahbarlari ushbu mamlakatni ShHTga to‘laqonli a’zo sifatida qabul qilish tartibini boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilishlari kutilmoqda.
ShHT sammiti

Eslatib o‘tamiz, payshanba kuni Samarqandda ShHT davlat rahbarlari sammiti boshlanadi. Unda 15 ga yaqin davlat rahbari va 10 dan ortiq xalqaro tashkilotlar yetakchilari ishtirok etishi kutilmoqda.

Ushbu sammit O‘zbekistonning ShHTga raislik davrining yakuni bo‘ladi. O‘tgan yil mobaynida ShHT doirasida O‘zbekiston tomonidan 80 dan ortiq tadbirlar tashkil qilindi, ularning mantiqiy natijasi sifatida Samarqand sammitida 30 taga yaqin davlatlararo hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Ushbu hujjatlar ShHTga a’zo davlatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash va uni yangi bosqichga olib chiqishni maqsad qilgan.

Ular orasida mintaqaviy savdo, sanoat kooperatsiyasi va transport aloqalarini rag‘batlantirish konsepsiyasi va dasturlari bor. Shuningdek, yashil iqtisodiyot, innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar, logistika, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot va boshqa yo‘nalishlarda ham qo‘shma loyiha va tadbirlar ishlab chiqilmoqda.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0