Oliy toifali pedagoglar uchun majburiy attestatsiya sinovlari bekor qilinadi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishOtkritie novoy shkoli v Novosibirske
Otkritie novoy shkoli v Novosibirske - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.09.2022
Obuna bo‘lish
XTVning tegishli ko‘rsatmasiga binoan oliy toifali pedagog kadrlar endilikda majburiy attestatsiya sinovlaridan ozod etiladi.
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Oliy malaka toifasiga ega pedagog kadrlar majburiy attestatsiya sinovlaridan ozod etildi. Bu haqida Xalq ta’limi vazirligining 12-sentabrdagi ko‘rsatmasida nazarda tutilgan.
Respublika ta’lim markazi direktor o‘rinbosari Isroil Tillaboyev ma’lum qilishicha, oliy malaka toifasiga ega bo‘lgandan so‘ng pedagog uni 15-yil davomida saqlab kelgan bo‘lishi va uzluksiz ish tajribasiga ega bo‘lishi talab etiladi.
Hujjatga ko‘ra, shu yilning 2-avgustiga qadar 15-yil uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan oliy toifali pedagoglarga ushbu o‘zgarishlar tatbiq etilmaydi.
Qayd etilishicha, mazkur pedogoglarning oliy malaka toifasi umrbod saqlanib qolinadi.
Qolaversa, hujjatda bakalavr va magistr darajasiga ega kadrlarning malaka darajasi avtomatik ravishda ikkinchi toifa etib belgilanishi bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.
Yangiliklar lentasi
0