https://oz.sputniknews.uz/20220913/lavrov-28053729.html
Lavrov BMT Bosh assambleyasida ishtirok etish uchun Amerika vizasini oldi
Lavrov BMT Bosh assambleyasida ishtirok etish uchun Amerika vizasini oldi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya tashqi ishlar vaziri va mamlakat delegatsiyasining ayrim a’zolariga Amerika vizasi berildi. 13.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-13T18:46+0500
2022-09-13T18:46+0500
2022-09-13T18:46+0500
rossiya
sergey lavrov
bmt
aqsh
viza
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/14/26363141_0:0:3025:1702_1920x0_80_0_0_363cb42e55f37a5cec752ac4c7d4705c.jpg
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va unga hamrohlik qiluvchi bir qator shaxslarga BMT Bosh Assambleyasida ishtirok etish uchun vizalar berildi. Bu haqda Rossiya TIV xabar berdi.Xabarda delegatsiyaning qolgan a’zolariga vizalar berilishi va logistika masalalari hal etilishi kutilayotgani qo‘shimcha qilingan.Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham Qo‘shma Shtatlar Rossiya delegatsiyasiga BMT Bosh assambleyasida ishtirok etish uchun viza bermaslik bilan “o‘z majburiyatlarini buzayotganini” aytgandi.Shu bilan birga, Peskov Bosh assambleyaga sanoqli kunlar qolganini ta’kidlagan.Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasi 20-26 sentabr kunlari Nyu-Yorkda o‘tkaziladi. Rossiya delegatsiyasi rahbari Sergey Lavrovga sanksiyalar tufayli AQShga kirish taqiqlangan. 3-sentabr kuni Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishga Rossiyaning 56 delegatidan birortasi haligacha viza olmaganidan shikoyat qilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/14/26363141_130:0:2861:2048_1920x0_80_0_0_e22b8cc7e67d1bc86c63df6c6a8c55c5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, sergey lavrov, bmt, aqsh, viza
rossiya, sergey lavrov, bmt, aqsh, viza
Lavrov BMT Bosh assambleyasida ishtirok etish uchun Amerika vizasini oldi
Rossiya tashqi ishlar vaziri va mamlakat delegatsiyasining ayrim a’zolariga Amerika vizasi berildi.
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va unga hamrohlik qiluvchi bir qator shaxslarga BMT Bosh Assambleyasida ishtirok etish uchun vizalar berildi. Bu haqda Rossiya TIV
xabar berdi. Xabarda delegatsiyaning qolgan a’zolariga vizalar berilishi va logistika masalalari hal etilishi kutilayotgani qo‘shimcha qilingan.
“Biz delegatsiyaning qolgan a’zolariga vizalar berilishini, shuningdek, Qo‘shma Shtatlar tomonidan noqonuniy sanksiyalar cheklovlarini hisobga olgan holda, logistika masalalari tezkorlik bilan hal qilinishini kutamiz”, - deyilgan Rossiya tashqi ishlar vazirligi xabarida.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham Qo‘shma Shtatlar Rossiya delegatsiyasiga BMT Bosh assambleyasida ishtirok etish uchun viza bermaslik bilan “o‘z majburiyatlarini buzayotganini” aytgandi.
“AQSh o‘z majburiyatlarini buzmoqda. Ular Bosh assambleyaga keladigan har bir kishiga viza berishga majbur”, - degan u jurnalistlarga.
Shu bilan birga, Peskov Bosh assambleyaga sanoqli kunlar qolganini ta’kidlagan.
“Qo‘shma Shtatlar o‘z majburiyatlarini bajarishiga umid qilamiz”, - deya xulosa qilgandi u.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasi 20-26 sentabr kunlari Nyu-Yorkda o‘tkaziladi. Rossiya delegatsiyasi rahbari Sergey Lavrovga sanksiyalar tufayli AQShga kirish taqiqlangan. 3-sentabr kuni Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishga Rossiyaning 56 delegatidan birortasi haligacha viza olmaganidan shikoyat qilgan.