Istoriko-etnograficheskiy park Vechniy gorod, voshedshiy v sostav mejdunarodnogo turisticheskogo kompleksa Velikiy shelkoviy put, otkrilsya v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920
ShHT-2022: Samarqand sammiti
Samarqand 15-16 sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) davlat rahbarlari kengashi majlisiga mezbonlik qiladi.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari Samarqandda ShHT sammiti oldidan mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda

© SputnikSamarkand, ukrashenniy flagami i simvolikoy sammita ShOS-2022
Samarkand, ukrashenniy flagami i simvolikoy sammita ShOS-2022 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.09.2022
Obuna bo‘lish
Ichki ishlar vazirligi fuqarolardan Samarqandda ShHT sammiti oldidan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining talablariga rioya qilishni so‘ramoqda.
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Ayni kunlarda huquq-tartibot idoralari xodimlari Samarqandda ShHT sammiti oldidan mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda. Bu haqida IIV Jamoat xavfsizligi departamenti ma’lum qildi.
ShHT sammiti 15-16 sentabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadi.
“10 sentabrdan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti bo‘lib o‘tishi arafasida Samarqand va uning atrofidagi xavfsizlik tuzilmalari tomonidan taktik-amaliy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazila boshlandi”, deyiladi xabarda.
Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, mashg‘ulotlar doirasida aholi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Ichki ishlar vazirligi fuqarolardan “bo‘lajak sammitga tayyorgarlik ko‘rish va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining talablarini bajarish muhimligi sababli” joriy etilgan cheklovlarga tushunish bilan munosabatda bo‘lishni so‘ramoqda.
Avvalroq Samarqand viloyati IIB axborot xizmati sammit munosabati bilan 14-17 sentabr kunlari Samarqand shahriga kirish yo‘llari, shuningdek, shahar ichidagi yo‘llarning bir qismi transport harakati uchun yopilishi haqida xabar berilgandi.
ShHT - 2001-yilda tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir. Unda Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Pokiston va O‘zbekiston ishtirok etadi.
Kuzatuvchi davlatlar – Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston, hamkor davlatlar – Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka.
2021 yil sentabr oyida Dushanbeda bo‘lib o‘tgan ShHT sammitida Eronni tashkilotga qabul qilish va Misr, Qatar va Saudiya Arabistoniga muloqot bo‘yicha hamkor maqomini berish tartibi boshlangan edi.
Joriy yilda Belarus ShHTga to‘laqonli a’zo sifatida a’zo bo‘lish uchun rasman ariza topshirgan.
Yangiliklar lentasi
0