Jamiyat

Gulnora Karimova jinoiy aktivlarini qaysi davlatlarda saqlagani maʼlum boʻldi

© Sputnik / Valeriy Levitin /  / Mediabankka oʻtishDen rojdeniya osnovatelya yuvelirnogo doma De Grisogono
Den rojdeniya osnovatelya yuvelirnogo doma De Grisogono - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Karimovaning xorijdagi mulklari 14,3 trillion soʻmni tashkil etib, ularni hisobiga 1400 tadan ortiq maktab qursa boʻladi.
TOSHKENT, 13 sen — Sputnik. Gulnora Karimova va uning boshchiligidagi uyushgan jinoiy guruh aʼzolarining Shveytsariyadan tashqari Frantsiya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Latviya va Rossiya kabi davlatlarda ham aktivlari boʻlgan. Bu haqda kecha boʻlib oʻtgan brifingda Adliya vaziri oʻrinbosari Muzrof Ikromov maʼlum qildi.
Ikromovga koʻra, ayni vaqtda mazkur jinoiy aktivlarini qaytarish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.
Gulnora Karimova va uning sheriklari aktivlarga ega boʻlgan davlatlar:
Frantsiya.Frantsiya Respublikasidan 2020 va 2021 yillarda taqriban jinoiy uyushgan guruh aʼzolariga tegishli koʻchmas mulklarni (Parij shahri yaqinidagi 2 ta qasr) sotilishi natijasida 20 million dollarga teng pul mablagʻlari Oʻzbekistonga qaytarilgan.
Belgiya Qirolligi. Belgiya Qirolligida ham jinoiy uyushgan guruhga tegishli boʻlgan aktivlar joylashgan. Ularni qaytarish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi mutasaddi tashkilotlari hamda Belgiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari oʻrtasida hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.Taʼkidlanishicha, Belgiyada tergov jarayoni tugamagani sababli (tergov siri), ushbu aktivlar haqida koʻp maʼlumot oshkor qilish imkoniyati mavjud emas.
Buyuk Britaniya. Buyuk Britaniyada Gulnora Karimova va uning sheriklariga tegishli boʻlgan umumiy qiymati 10 million funt sterling miqdoridagi mablagʻlar va 3 ta koʻchmas mulkning taqdiri Londonning Oliy sudida koʻrib chiqilyapti.
Latviya Respublikasi. Latviya Respublikasida ham bir talay aktivlar mavjud. Latviya sud organlari tomonidan 2018 yil Oʻzbekiston Respublikasida chiqarilgan hukmlar (Latviyada joylashgan aktivlarni Oʻzbekiston daromadiga musodara qilish haqida) tan olingan. Aktivlar 15 million dollarga teng mablagʻlar, 850 untsiyaga (26 kg) teng oltin sertifikatlari hamda Riga shahrida joylashgan madaniy-koʻngilochar majmuadan tashkil topgan.
“Biroq, afsuski, bu boradagi barcha ishlar ham osonlikcha amalga oshayotganligi yoʻq. Masalan, Latviyadagi yuqoridagi aktivlarni qaytarishda murakkabliklar yuzaga kelmoqda. Shunga qaramay, ushbu davlatdagi aktivlarni qaytarish boʻyicha ishlar qatʼiy izchillik bilan davom ettirilmoqda”, - deydi Adliya vaziri oʻrinbosari.
Rossiya. 2021 yil noyabr oyida Moskva shahrida joylashgan aktivlarni (6 ta xonadon) Oʻzbekiston daromadiga oʻtkazilishi haqida Moskva shahar sudining qarori chiqarilgan.Hozirgi paytda, ushbu koʻchmas mulk obʼyektlarini Rossiya sud ijrochilari tomonidan sotish jarayoni davom etmoqda. Sotish natijasida kelib tushgan pul mablagʻlari Oʻzbekiston va Rossiya foydasiga teng ulushlarda boʻlinishi Moskva shahar sudining qarorida oʻz aksini topgan.
Bundan tashqari, boshqa mamlakatlarda ham Gulnora Karimova va uning jinoiy sheriklari tomonidan noqonuniy orttirilgan va Oʻzbekistondan olib chiqilgan aktivlarni qaytarish boʻyicha bir qator davlatlarda ish olib borilmoqda. Jinoiy aktivlarning umumiy qiymati qariyb 1,3 mlrd dollarni tashkil etadi.
Muzrof Ikromovning taʼkidlashicha, oʻz navbatida hozirgi kunga kelib, mazkur pullar 14,3 trillion soʻmni tashkil etib, ularni hisobiga 1400 tadan ortiq maktab qursa boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0