YeI ruslarni saralashga hozirlanmoqda

© Sputnik / Vladimir SergeyevFlagi Rossii i YeS na naberejnoy Nissi
Flagi Rossii i YeS na naberejnoy Nissi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.09.2022
Obuna bo‘lish
Shu haftadan boshlab Rossiya pasporti egalari uchun shengen vizasini olishning yangi meyorlari kuchga kiradi.
Ruslar Kolnning tutunli ulkan ishootlarini ko‘ra oladimi, monmartr bistrosida bir finjon qahva ichib, Italiya qishloqlarini ko‘rib kela olishadimi - bu masalalarni hali uzoq hal qilishadi. Biroq o‘z foydalariga hal qilishlari aniq emas.
Yuqorida keltirilgan, jumladan, Leonardo da Vinchi Madonnasiyu Dega raqqoslarini “ tirik ko‘rish” Brusselda “taraqqiyot va demorkatiya” tashvishlari bilan yashaydiganlarning fikri bo‘yicha imtiyoz emish. Ular shunday qaror qilishibdi.
Uyqudan uyg‘onganidan to uyquga ketgunicha faqat erkinlik haqida so‘zlaydiganlar erkin harakatlanish “imtiyoz”i haqida ham gapirishlari vaqti keldi.
Ammo hozirgi yevropacha erkinlik – u mutlaqo yevropaliklar nazdida “o‘z odamlari” bo‘lganlar uchun mavjud. Kim ularga mafkuraviy yaqin bo‘lsa, erkinlik faqat shularga. Mafkuraviy ularga begona bo‘lganlar esa, ularning fikrlariga ko‘ra, faqat o‘z uylarida o‘tirishlari kerak.
Kasal bo‘lgan taqdirda yoki qarindoshlaridan uzoqda yashasa va “xorijiy universitetlar”da o‘qishni istasa kirishi mumkin bo‘lgan dunyo manzarasi xuddi shu Yevropa kuchlari tomonidan 60-yil avvalgi targ‘ibotdan chizilgan manzaradan deyardi farq qilmaydi. Keyin kanalar zaiflashdi va erkin harakat qilish huquqlari aniq belgilangan “uchinchi savat” bilan Xelsinki shartnomasini imzolashdi.
Keyin shu jumladan kim borishi kerakligi haqidagi taxminlar, “rad etuvchilar”ning ko‘pligi, “butun sivilizatsiya dunyosi” mamlakatlarining elchixonalari oldida namoyishlari sabab ko‘proq kiritish va yana ko‘proq chiqarishga ruxsat berildi. Navbatlar, “YeI fuqarosi bo‘lgan oilalar”ga imotiyozlar haqidagi bugungi bahonalar 70-yillarda “oilalar birlashuvi” shiori bilan Isroildan AQShga emmigratsiya davrida juda yarashgan bo‘lar edi.
Uning bosqichlari hammaga ma’lum- kimdir Rimga, yana allakim Vena orqali Kiprga ketishi kerak bo‘lgan. Va o‘sha payti ham SSSRdan chiqish erkinligi iqtisodot, sanksiyalar va savdo munosabatlarida cheklovlar sabab moslashtirilgan edi.Chiqish kabi kirish ham “imtiyoz” bo‘lgan. O‘sha paytda bo‘lgani kabi hozir ham shunday - mutlaqo siyosiy.
Kimdadir shu imtiyoz bo‘lgan, yana kimdadir yo‘q.
Ammo o‘tgan asr bilan taqqoslaganda, hozirgi davr tuzatishlar kiritgan. Ruslar chiqa boshlashdi. O‘zlari. Mustaqil. Pasportlardagi “beshinchi bo‘lim”, qonunchilikdan esa- chiqish vizasi shunchaki yo‘q bo‘ldi.
Dunyo bizga ochiq bo‘lib ko‘ringandi. Dunyo bizga samimiy ko‘ringan edi. Avvaliga dunyo ko‘zlarimizga kamtar, jim va mehmondo‘st bo‘lib ko‘ringan edi.
Ammo hozir bu ikkiyuzlamachilik ekanini anglab yetdik.
Biz ajoyib edik va bizni xursandchilik bilan qarshi olishar edi. Chunki biz anchayin kambag‘al edik, biz hech nimada vasvasaga tushmadik va “yevropachalik”ning oson o‘ljasiga aylandik. Biz qayergadir borishimizni ham anglamagan edik, aslida o‘sha oliyhimmat janoblar va xonimlar taraqqiylashgan yevropaliklar bizga ruxsat berishardi, izn berishardi.
Chunki biz ular bilan taqqoslaganda kambag‘al edik (bu esa qaramlikni anglatadi), va eng asosiysi biz itoatkor edik.
Itoat esa mukofotlanar edi.
Shunchaki hech kim bizga bu haqida aytmadi. Biroq yevropaliklar ruslarning erkin harakatlanishi, ko‘chishini shunday tushunishdi. Hattoki ruslarga oliftagarchilikka ham ruxsat berishdi. Ammo hammasi odob doirasida va Yevropa g‘aznasi uchun daromad maqsadida albatta.
Aslida bunday fundamental erkinliklarni cheklamaydigan sanksiyalarga kelsak- ular shunchaki itoatsizlik uchun jazo. Mustaqillik uchun jazo.
Biroq gap iqtisodiyot haqida ketayotgan edi va bundan ozgina bo‘lsa ham qandaydir mantiqni tushunish mumkindir.
Biroq Rossiya pasporti bo‘lgan hammaga nisbatan qo‘llanilayotgan bu cheklovlarda sog‘lom mantiqning emas, balki toifalarga bo‘lish nuqsonlari bor.
Toifalarga bo‘lish - bu insonning qarashi, e’tiqodi, yoshi va bu iltimos qiluvchilarga (bu yevropaliklarning sevimli so‘zi, ular iltimosni yaxshi ko‘rishadi), nega hur va ozod Shengen hududlariga kirish kerak bo‘lib qolganiga qarab ajratish tushuniladi.
Darvoqe, birdamlik va tenglik haqidagi chiqishlarga qaramasdan, YeIda odamlarga nisbatan “ajratimchilik” – tabiiy hol. Eng oddiy ish. Yevropacha tushunchalarning ezgulik va yovuzlik haqidagi qarashlariga xos.
Hozircha bu “ajratimchilik” faqat Rossiyada muntazam istiqomat qiladiganlarga aloqador. (Brusseldagi buyruqbozlarning aytishlaricha).
Yevropada “ajratimchilik” esa bosqichma- bosqich amalga oshiriladi.
Keyin esa bu cheklovlar Rossiya fuqarosi bo‘lgan, Yevropa Ittifoqiga kirish ruxsati bo‘lganlar va muntazam YeIda bo‘lib turganlarga yetib keladi. Bu hujjat uzaytirilishi mumkin. Balki, bunday bo‘lmas. Bu Rossiya o‘zini qanday tutishiga qarab.
Uchinchi bosqich- bular ham Rossiya ham YeI fuqaroligiga ega bo‘lganlar va YeI hududida muntazam istiqomat qilib kelayotganlarga bog‘liq.
Bu haqida hamma ham gapirmaydi. Biroq naturalizatsiya, ya’ni pasport olish, aytaylik, o‘sha Fransiyada ham bir qancha holatlarda qaytarilishi mumkin.
Uchta holatda fuqarolikdan mahrum bo‘lish mumkin: agar boshqa fuqarolik bo‘lsa, agar siz chindan ham Fransiya manfaatlarniga zid harakat qilsangiz, lekin o‘sha birinchi davlat manfaatlarini ko‘zlagan bo‘lsangiz va uchinchidan agar harakatlar Fransiya manfaatlariga zid kelsa.
Buning tagiga xohlagan mezonlaringizni yozib qo‘yishingiz mumkin. Fransiyaning ham “ajratimchilik” borasida o‘z tajribasi bor.
Xohlagan mezonlar bo‘yicha ajratish – bu insonning o‘zi qaror qilishi emas, balki uning uchun hukumat va shaxssiz, ism-sharifsiz qandaydir amaldor hal qilishi. Bu jarayonni shunchaki boshlab qo‘yish kerak xolos, keyin o‘zi davom etib ketaveradi. Asosiysi, uni kuchaytirish, unga kerakli odamlarni qo‘yish lozim.
Qolganini texnikaga qo‘yib bering.
Va so‘nggida. YeI o‘z cheklovlari bilan afsonaviy Ivan Ivanovichni emas, balki mana shu hur, ozod, adolatli Yevropa xomxayollariga ishonganlarni jazolaydi ( Brusselning o‘ylashlari bo‘yicha shunday).
Saroblar shunisi bilan yomonki, ular og‘riq bilan qabul qilinadi. Ammo shunisi bilan yaxshiki, saroblar haqiqatning yuziga tik qarashga yordam beradi. Qandaydir xomxayollar va tasavvurlarga asoslangan yevropacha haqiqatlarga emas, balki asliyatdagi haqiqatlarga.
Yangiliklar lentasi
0