https://oz.sputniknews.uz/20220913/aqsh-rossiyaning-eng-yirik-savdo-hamkorlari-onligidan-chiqib-ketdi--fbx--28043787.html
AQSh Rossiyaning eng yirik savdo hamkorlari o‘nligidan chiqib ketdi – FBX
AQSh Rossiyaning eng yirik savdo hamkorlari o‘nligidan chiqib ketdi – FBX
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va AQSh o‘rtasidagi savdo aylanmasi qariyb 65 foizga kamaydi. 13.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-13T15:43+0500
2022-09-13T15:43+0500
2023-04-05T18:39+0500
dunyoda
aqsh
savdo
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/01/22047658_0:179:3007:1870_1920x0_80_0_0_05ab29bef4a092af0c5e2ba010fdaba0.jpg
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlari Rossiyaning eng yirik savdo hamkorlari o‘nligidan chiqib ketdi, mamlakatlar o‘rtasidagi savdo aylanmasi qariyb 65 foizga kamaydi. Bu haqda Federal bojxona xizmati (FBX) rahbari o‘rinbosari Vladimir Ivin RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.Shu bilan birga, u Hindiston kuchli o‘nlikka kirganini ta’kidladi.Federal bojxona xizmati rahbari o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning eng yirik o‘nta savdo hamkori hozirda shunday ko‘rinishga ega: Xitoy birinchi o‘rinda, Niderlandiya ikkinchi o‘rinda, Turkiya uchinchi o‘rinda, undan keyingi o‘rinlarda esa Germaniya, Belarus, Janubiy Koreya, Italiya, Fransiya, Qozog‘iston, Hindiston.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/01/22047658_137:0:2868:2048_1920x0_80_0_0_31a753da72fc67fc13bab163a809151c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, aqsh, savdo, rossiya
dunyoda, aqsh, savdo, rossiya
AQSh Rossiyaning eng yirik savdo hamkorlari o‘nligidan chiqib ketdi – FBX
15:43 13.09.2022 (yangilandi: 18:39 05.04.2023) Rossiya va AQSh o‘rtasidagi savdo aylanmasi qariyb 65 foizga kamaydi.
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlari Rossiyaning eng yirik savdo hamkorlari o‘nligidan chiqib ketdi, mamlakatlar o‘rtasidagi savdo aylanmasi qariyb 65 foizga kamaydi. Bu haqda Federal bojxona xizmati (FBX) rahbari o‘rinbosari Vladimir Ivin RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida
ma’lum qildi. “AQSh bilan savdomiz juda yaxshi bo‘lgan, u doimo birinchi o‘nta hamkorlar qatorida bo‘lgan, hozir esa yo‘q. Ya’ni, bizda AQSh bilan savdo hajmi 65 foizga pasaygan”, dedi Ivin.
Shu bilan birga, u Hindiston kuchli o‘nlikka kirganini ta’kidladi.
“Ular yoqilg‘i-energetika, kimyo sanoati mahsulotlarini faol sotib olmoqda. Ularning o‘zi bizga farmatsevtika guruhi, oziq-ovqat mahsulotlari eksportini ko‘paytirdi”, deya qo‘shimcha qildi u.
Federal bojxona xizmati rahbari o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning eng yirik o‘nta savdo hamkori hozirda shunday ko‘rinishga ega: Xitoy birinchi o‘rinda, Niderlandiya ikkinchi o‘rinda, Turkiya uchinchi o‘rinda, undan keyingi o‘rinlarda esa Germaniya, Belarus, Janubiy Koreya, Italiya, Fransiya, Qozog‘iston, Hindiston.