https://oz.sputniknews.uz/20220913/anqara-va-bmt-rossiya-gallasini-eksport-qilish-goyalarini-tayyorlamoqda--manba--28061511.html
Anqara va BMT Rossiya g‘allasini eksport qilish g‘oyalarini tayyorlamoqda – manba
Anqara va BMT Rossiya g‘allasini eksport qilish g‘oyalarini tayyorlamoqda – manba
Sputnik O‘zbekiston
Turkiya va Rossiya prezidentlari Rejep Tayyip Erdog‘an va Vladimir Putin Samarqandda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda Rossiya g‘allasini jahon bozorlariga olib chiqishni... 13.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-13T19:58+0500
2022-09-13T19:58+0500
2023-04-05T18:39+0500
dunyoda
turkiya
bmt
vladimir putin
rejep tayyip erdog‘an
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/1b/26570744_0:177:3015:1873_1920x0_80_0_0_8efd35e3e6876957c11715db8cd9f873.jpg
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Anqara BMT bilan birgalikda Rossiya g‘allasini jahon bozorlariga olib chiqish mexanizmlari ustida ishlamoqda, ular Turkiya va Rossiya prezidentlari Rejep Tayyip Erdog‘an va Vladimir Putin tomonidan Samarqandda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda muhokama qilinishi kutilmoqda. Bu haqda RIA Novosti agentligiga diplomatik manba ma’lum qildi.Erdog‘an 15-16 sentabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan ShHT sammiti doirasida Putin bilan oziq-ovqat bo‘yicha kelishuvni muhokama qilishini kutayotganini aytgan edi. Rossiya prezidentining ta’kidlashicha, G‘arb Ukraina g‘allasining katta qismini Afrikaning muhtoj mamlakatlariga emas, balki o‘z davlatlariga eksport qiladi. Uning fikricha, ushbu yo‘nalishdagi cheklovlarni Turkiya prezidenti bilan muhokama qilish arzirli.Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya avvalroq Rossiya oziq-ovqat va o‘g‘itlarini eksport qilish bo‘yicha oziq-ovqat kelishuvining bir qismi ish bermayotganini aytdi. Shu sababli, uning so‘zlariga ko‘ra, shartnomani bekor qilish istisno qilinmaydi.Dushanba kuni Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li BMT koordinatori Amir Mahmud Abdulla bilan oziq-ovqat bo‘yicha kelishuvni muhokama qilganini aytdi, muzokaralar tafsilotlarini oshkor qilmadi.22 iyul kuni Istanbulda Rossiya mahsulotlarini eksportga yetkazib berishdagi cheklovlarni bekor qilish va Ukraina donini eksport qilishda Rossiyaning yordami bo‘yicha ko‘p tomonlama bitimlar imzolandi. Rossiya, Turkiya, Ukraina va BMT vakillari tomonidan imzolangan kelishuv Ukraina g‘allasi, oziq-ovqat va o‘g‘itlarini Qora dengiz orqali uchta portdan, jumladan Odessadan eksport qilishni nazarda tutadi.
turkiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/1b/26570744_142:0:2873:2048_1920x0_80_0_0_3aca64769d3957dcf2fec3f87258a363.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, turkiya, bmt, vladimir putin, rejep tayyip erdog‘an, rossiya
dunyoda, turkiya, bmt, vladimir putin, rejep tayyip erdog‘an, rossiya
Anqara va BMT Rossiya g‘allasini eksport qilish g‘oyalarini tayyorlamoqda – manba
19:58 13.09.2022 (yangilandi: 18:39 05.04.2023) Turkiya va Rossiya prezidentlari Rejep Tayyip Erdog‘an va Vladimir Putin Samarqandda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda Rossiya g‘allasini jahon bozorlariga olib chiqishni muhokama qilishi mumkin.
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Anqara BMT bilan birgalikda Rossiya g‘allasini jahon bozorlariga olib chiqish mexanizmlari ustida ishlamoqda, ular Turkiya va Rossiya prezidentlari Rejep Tayyip Erdog‘an va Vladimir Putin tomonidan Samarqandda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda muhokama qilinishi kutilmoqda. Bu haqda RIA Novosti agentligiga diplomatik manba
ma’lum qildi. Erdog‘an 15-16 sentabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan ShHT sammiti doirasida Putin bilan oziq-ovqat bo‘yicha kelishuvni muhokama qilishini kutayotganini aytgan edi. Rossiya prezidentining ta’kidlashicha, G‘arb Ukraina g‘allasining katta qismini Afrikaning muhtoj mamlakatlariga emas, balki o‘z davlatlariga eksport qiladi. Uning fikricha, ushbu yo‘nalishdagi cheklovlarni Turkiya prezidenti bilan muhokama qilish arzirli.
Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya avvalroq Rossiya oziq-ovqat va o‘g‘itlarini eksport qilish bo‘yicha oziq-ovqat kelishuvining bir qismi ish bermayotganini aytdi. Shu sababli, uning so‘zlariga ko‘ra, shartnomani bekor qilish istisno qilinmaydi.
“Hozir bu masala bizning tegishli idoralarimiz tomonidan BMT bilan kelishilgan holda ishlab chiqilmoqda. Barcha ishlab chiqilgan mexanizm va g‘oyalar Turkiya va Rossiya prezidentlarining Samarqandda o‘tkazilishi rejalashtirilgan uchrashuvida ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi”, dedi agentlik suhbatdoshi.
Dushanba kuni Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li BMT koordinatori Amir Mahmud Abdulla bilan oziq-ovqat bo‘yicha kelishuvni muhokama qilganini aytdi, muzokaralar tafsilotlarini oshkor qilmadi.
22 iyul kuni Istanbulda Rossiya mahsulotlarini eksportga yetkazib berishdagi cheklovlarni bekor qilish va Ukraina donini eksport qilishda Rossiyaning yordami bo‘yicha ko‘p tomonlama bitimlar imzolandi. Rossiya, Turkiya, Ukraina va BMT vakillari tomonidan imzolangan kelishuv Ukraina g‘allasi, oziq-ovqat va o‘g‘itlarini Qora dengiz orqali uchta portdan, jumladan Odessadan eksport qilishni nazarda tutadi.