Toshkentga kirish yopilishi haqidagi xabarlar rad etildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovStatsionarniy post dps na Drujbe narodov
Statsionarniy post dps na Drujbe narodov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.09.2022
Obuna bo‘lish
IIV ShHT sammitiga doir barcha o‘zgarishlarni davlat idoralarining rasmiy manbalaridan olishni so‘ramoqda.
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Toshkent shahri va qo‘shni viloyatlarga kirish-chiqish yopilishi haqida tarqalayotgan xabarlar haqiqatdan yiroq. Bu haqida Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov xabar berdi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri va qo‘shni viloyatlarga kirish-chiqish yopilishi haqida tarqalayotgan xabarlar tarqalgan edi.
Videotasvirlarda ShHT sammiti doirasida Samarqand shahrini aylanib o‘tish yo‘llarini tushuntirish ishlari aks etgan.

“12 sentabr kuni 24:00 dan boshlab Toshkent shahri va qo‘shni viloyatlarga kirish-chiqish yopilishi haqida tarqalayotgan xabarlar haqiqatdan yiroq ekanligini bildiramiz”, - deyiladi IIV xabarida.

Xabarda ShHT sammitiga doir barcha o‘zgarishlarni davlat idoralarining rasmiy manbalaridan olish so‘ralgan.
Eslatib o‘tamiz, Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti munosabati bilan 14-17 sentabr kunlari Samarqand shahriga kirish yo‘llari yopiladi.
Shu munosabat bilan viloyat hududidan tranzit o‘tuvchi transport vositalari uchun aylanma harakat tashkil etilganligini va maxsus flayerlar ishlab chiqilgan. Haydovchilar flayerdagi QR kod orqali yo‘llarda harakatlanishlari uchun ruxsat etilgan aylanma yo‘llardan mobil ilova orqali ham ko‘rishlari mumkin.
Shuningdek, bir qator ko‘chalarda transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanishi munosabati bilan jamoat transporti vositalarining harakatiga cheklov o‘rnatiladi.Unga ko‘ra, 4, 7, 15, 24, 37, 74, 93 va 99 raqamli avtobus yo‘nalishlari harakatiga ayrim o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Qolgan 28 ta avtobus, 2 ta tramvay yo‘nalishlari, shuningdek, ikkita yo‘nalishda taksi xizmati vaqtincha to‘xtatiladi.
Yangiliklar lentasi
0