https://oz.sputniknews.uz/20220912/toshkentda-talabalarni-yotoqxona-bilan-taminlash-ishlari-qanday-olib-borilmoqda-28022440.html
Toshkentda talabalarni yotoqxona bilan ta’minlash ishlari qanday olib borilmoqda
Toshkentda talabalarni yotoqxona bilan ta’minlash ishlari qanday olib borilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Joriy yilda talabalar soni 800 000 nafarga yetgan, ularni uy-joy bilan ta’minlash esa biroz muammolarga sabab bo‘ldi. Biroq mutasaddi tashkilotlar bu muammolarni... 12.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-12T21:12+0500
2022-09-12T21:12+0500
2022-09-12T21:12+0500
jamiyat
talabalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/715/49/7154927_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_89d58adb64fbaf92099a7c5f6fa79d44.jpg
Bugungi kunda Toshkent shahar Yangihayot tumanidagi Tashkent index majmuasida yashash uchun zarur infratuzilma shakllangan, bu yerda yoshlar vaqtincha boshpana bilan ta’minlanib, xavfsiz bo‘lishlari, ovqatlanish va transport qatnovida ham muammo tug‘ilmasligi inobatga olinadi.Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent shahar hokimiyati hamda OTM rektorlari bilan birgalik talabalardagi turar joy muammolarini bartaraf etish bo‘yicha Tashkent index majmuasi hududi ko‘rib chiqildi va yotoqxonalar ishga tusha boshladi.Avvalroq poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev talabalarni Tashkent Index hududidagi 10 ming o‘rinli binoga joylashtirish taklifini bildirgan edi.Tashkent index'da tashkil etilgan Talabalar yotoqxonasi atrofida qator ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obyektlari mavjud bo‘lib, yoshlarning istagiga ko‘ra, ular o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida ish bilan band bo‘lishlari ta’minlanadi.Yotoqxonalarning har bir xonasi 40 kvadrat metrdan kichik emas va zamonaviy mebellar bilan jihozlangan. Shuningdek, umumiy ovqatlanish xonasi, yuvinish va sanitar xonalari ham bo‘ladi. Toshkent shahar hokimligi Tashkent index majmuasida yashayotgan talabalar uchun Sergeli yo‘nalishi metrosigacha bepul avtobuslarni ham yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan.Talabalarning kundalik va maishiy ehtiyojlari uchun mas’ullar guruhi jalb etilgan va ular ko‘makka muhtoj talabalar bilan alohida shug‘ullanmoqda. Shuningdek, tadbirkorlar va boshqa ko‘ngillilarda talabalarning turar joylari masalasi bo‘yicha aniq takliflar, loyihalar va yordam uchun tashabbuslar bo‘lsa hokimiyat inobatga olishini bildirgan.Oliy majlis sen’ati a’zosi, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev ham mahallalardagi yoshlar bilan ishlash bo‘yicha Respublika komissiyasi talabalarning turar joy bilan bog‘liq muammolarini o‘rganmoqda.8 sentabr kuni Olmazor tumanining "Ziyo" va "Universitet" mahallalarida bo‘lib, yangi tizim — uybor.uz platformasi orqali ijaraga uy topgan talabalar, ijara beruvchilar va mahallalardagi yoshlar yetakchilari bilan muloqot o‘tkazdi.Aynan ushbu tizim orqali shu kungacha Toshkent shahri bo‘yicha jami 1000 ga yaqin talabaga yordam berildi. Tashabbus hali davom etmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/715/49/7154927_148:0:1048:675_1920x0_80_0_0_38a58b5b463db9f597db42c1040f12a7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, talabalar
Toshkentda talabalarni yotoqxona bilan ta’minlash ishlari qanday olib borilmoqda
Joriy yilda talabalar soni 800 000 nafarga yetgan, ularni uy-joy bilan ta’minlash esa biroz muammolarga sabab bo‘ldi. Biroq mutasaddi tashkilotlar bu muammolarni hal etishmoqda.
Bugungi kunda Toshkent shahar Yangihayot tumanidagi Tashkent index majmuasida yashash uchun zarur infratuzilma shakllangan, bu yerda yoshlar vaqtincha boshpana bilan ta’minlanib, xavfsiz bo‘lishlari, ovqatlanish va transport qatnovida ham muammo tug‘ilmasligi inobatga olinadi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent shahar hokimiyati hamda OTM rektorlari bilan birgalik talabalardagi turar joy muammolarini bartaraf etish bo‘yicha Tashkent index majmuasi hududi ko‘rib chiqildi va yotoqxonalar ishga tusha boshladi.
Avvalroq poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev talabalarni Tashkent Index hududidagi 10 ming o‘rinli binoga joylashtirish taklifini
bildirgan edi.Tashkent index'da tashkil etilgan Talabalar yotoqxonasi atrofida qator ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obyektlari mavjud bo‘lib, yoshlarning istagiga ko‘ra, ular o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida ish bilan band bo‘lishlari ta’minlanadi.
Yotoqxonalarning har bir xonasi 40 kvadrat metrdan kichik emas va zamonaviy mebellar bilan jihozlangan. Shuningdek, umumiy ovqatlanish xonasi, yuvinish va sanitar xonalari ham bo‘ladi.
Birinchi o‘rinda ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogiron talabalar uchun xonalar ajratilmoqda.
Toshkent shahar hokimligi Tashkent index majmuasida yashayotgan talabalar uchun Sergeli yo‘nalishi metrosigacha bepul avtobuslarni ham yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan.
Talabalarning kundalik va maishiy ehtiyojlari uchun mas’ullar guruhi jalb etilgan va ular ko‘makka muhtoj talabalar bilan alohida shug‘ullanmoqda. Shuningdek, tadbirkorlar va boshqa ko‘ngillilarda talabalarning turar joylari masalasi bo‘yicha aniq takliflar, loyihalar va yordam uchun tashabbuslar bo‘lsa hokimiyat inobatga olishini bildirgan.
Oliy majlis sen’ati a’zosi, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev ham mahallalardagi yoshlar bilan ishlash bo‘yicha Respublika komissiyasi talabalarning turar joy bilan bog‘liq muammolarini o‘rganmoqda.
8 sentabr kuni Olmazor tumanining "Ziyo" va "Universitet" mahallalarida bo‘lib, yangi tizim — uybor.uz platformasi orqali ijaraga uy topgan talabalar, ijara beruvchilar va mahallalardagi yoshlar yetakchilari bilan muloqot o‘tkazdi.
Aynan ushbu tizim orqali shu kungacha Toshkent shahri bo‘yicha jami 1000 ga yaqin talabaga yordam berildi. Tashabbus hali davom etmoqda.