Iqtisod

Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritildi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka oʻtishLineynыy grafik
Lineynыy grafik - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Moliya vazirligiga koʻra, seriyali obligatsiyalar chiqarilish boʻyicha hujjatlarga tegishli qoʻshimchalar kiritilgan.
TOSHKENT, 12 sen — Sputnik. Qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisdagi qonunchilik hujjatlariga tegishli oʻzgartrish va qoʻshimchalar kiritildi. Hujjatlar Adliya vazirligi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan, deya xabar berdi Moliya vazirligi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, “Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi buyrugʻiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyruqqa quyidagicha oʻzgartirishlar kiritilgan:
taʼlim faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasini xabardor qilish uchun xabarnomalar yuborish va xabarnoma qabul qilinganligi toʻgʻrisida tasdiqnomalar olish va investitsiya maslahatchisi sifatidagi faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organini xabardor qilish uchun xabarnomalar yuborish va xabarnoma qabul qilinganligi toʻgʻrisida tasdiqnomalar olish;
mazkur nizom 9-bandining “g” kichik bandidagi “pasport maʼlumotlari” degan soʻzlar “pasport maʼlumotlari yoki identifikatsiya ID-karta maʼlumotlari” degan soʻzlar bilan almashtirildi.
Shuningdek, “Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi buyrugʻiga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida"gi buyruqqa quyidagicha oʻzgartirishlar kiritilgan:
- ushbu qoidalarning 8-bandida joylashtirilgan imtiyozli aktsiyalarning nominal qiymati jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) yigirma besh foizidan oshmasligi belgilandi;
- shuningdek, seriyali obligatsiyalar chiqarilish boʻyicha tegishli qoʻshimchalar kiritildi.
Yangiliklar lentasi
0