https://oz.sputniknews.uz/20220912/peskov-28021062.html
Peskov hozir Putin Zelenskiy bilan nega uchrashmasligini ma’lum qildi
Peskov hozir Putin Zelenskiy bilan nega uchrashmasligini ma’lum qildi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya prezident matbuot kotibining ta’kidlashicha, Kreml hozirda hech qanday muzokaralar istiqbolini ko‘rmayapti. 12.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-12T19:30+0500
2022-09-12T19:30+0500
2022-09-12T19:30+0500
rossiya
ukraina
dmitriy peskov
vladimir putin
vladimir zelenskiy
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1301/46/13014628_0:110:2684:1620_1920x0_80_0_0_9080f419dde19bfcf10d1b386c8c5094.jpg
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Hozirda Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘rtasida muzokaralar o‘tkazish uchun hech qanday shart-sharoit yo‘q. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.Rossiya-Ukraina muzokaralariRossiya-Ukraina muzokaralari 28-fevralda, urush boshlaganidan to‘rt kun o‘tib o‘tkazila boshladi. Belarusda bir nechta uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi, keyin muzokarachilar video aloqa orqali muloqotni davom ettirdi. 10-mart kuni Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tgan diplomatik forum doirasida Turkiya Rossiya va Ukraina Tashqi ishlar vazirlari Sergey Lavrov va Dmitriy Kulebaning uchrashuvini tashkil qildi. 29-mart kuni esa Istanbulda yuzma-yuz muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Uning yakunlari bo‘yicha Rossiya delegatsiyasi Ukraina tomonidan o‘rganib chiqiladigan va mamlakat rahbariyatiga yetkaziladigan aniq shakllangan pozitsiya va takliflarni oldi..Biroq, keyinroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina muzokaralar jarayonini sekinlashtirish maqsadida o‘z takliflaridan voz kechib, ko‘plab provokatsiyalar yaratayotganini aytdi.Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Ukrainada tinchlik Rossiya shartlarida o‘rnatilishini ta’kidlagan edi.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1301/46/13014628_0:70:2409:1877_1920x0_80_0_0_d12695430762875247473904bc0e8d4e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, ukraina, dmitriy peskov, vladimir putin, vladimir zelenskiy
rossiya, ukraina, dmitriy peskov, vladimir putin, vladimir zelenskiy
Peskov hozir Putin Zelenskiy bilan nega uchrashmasligini ma’lum qildi
Rossiya prezident matbuot kotibining ta’kidlashicha, Kreml hozirda hech qanday muzokaralar istiqbolini ko‘rmayapti.
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Hozirda Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘rtasida muzokaralar o‘tkazish uchun hech qanday shart-sharoit yo‘q. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“Biz hozirda hech qanday muzokaralar istiqbolini ko‘rmayapmiz, bunday muloqot uchun hech qanday shart-sharoit yo‘qligini aytishda davom etamiz”, - deya Peskov jurnalistning tegishli savoliga javob bergan. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirdi.
Rossiya-Ukraina muzokaralari
Rossiya-Ukraina muzokaralari 28-fevralda, urush boshlaganidan to‘rt kun o‘tib o‘tkazila boshladi. Belarusda bir nechta uchrashuvlar
bo‘lib o‘tdi, keyin muzokarachilar video aloqa orqali muloqotni
davom ettirdi. 10-mart kuni Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tgan diplomatik forum doirasida Turkiya Rossiya va Ukraina Tashqi ishlar vazirlari Sergey Lavrov va Dmitriy Kulebaning uchrashuvini
tashkil qildi. 29-mart kuni esa Istanbulda yuzma-yuz muzokaralar
bo‘lib o‘tdi. Uning yakunlari bo‘yicha Rossiya delegatsiyasi Ukraina tomonidan o‘rganib chiqiladigan va mamlakat rahbariyatiga yetkaziladigan aniq shakllangan pozitsiya va takliflarni oldi..
Biroq, keyinroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina muzokaralar jarayonini sekinlashtirish maqsadida o‘z takliflaridan voz kechib, ko‘plab provokatsiyalar
yaratayotganini aytdi.Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Ukrainada tinchlik Rossiya shartlarida o‘rnatilishini
ta’kidlagan edi.