O‘zbekistondagi xorijiy korxonalar soni bo‘yicha Rossiya yetakchilik qilmoqda

© Sovet Federatsii RFVstrecha Valentini Matviyenko s Predsedatelem Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan Tanziloy Narbayevoy
Vstrecha Valentini Matviyenko s Predsedatelem Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan Tanziloy Narbayevoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.09.2022
Obuna bo‘lish
Respublikada ayni vaqtda Rosiya tadbirkorlari kapitali ishtirokida 2 762 ta korxona faoliyat yuritapti.
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. 1 sentabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni eng yuqori bo‘lgan davlatlar orasida Rossiya yetakchilik qilmoqda. Ayni vaqtda rossiyalik tadbirkorlar kapitali ishtirokida 2 762 ta korxona faoliyat yuritapti. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni bo‘yicha reytingda Rossiyadan keyin Turkiya (2 071 ta) va Xitoy (2 044 ta) joy olgan. Kuchli beshtalikda Qozog‘iston (1 195 ta) (Koreya 910 ta)ni ham ko‘rish mumkin.
Statqo‘mga ko‘ra, 1-sentabr holatiga O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 14 706 tani tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1 617 taga ko‘pdir.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yil yakuni bo‘yicha O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash uchdan birga ortib, rekord daraja – 7,5 milliard dollarga yetgan. Joriy yil boshidan buyon tovar ayirboshlash hajmi 40 foizga oshgan.
Bugungi kunda O‘zbekistonda Rossiya ishtirokida tashkil etilgan 2 mingdan ortiq qo‘shma korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda, Rossiyadan mamlakat iqtisodiyotiga millardlab investitsiyalar jalb qilinyapti.
Yangiliklar lentasi
0