Istoriko-etnograficheskiy park Vechniy gorod, voshedshiy v sostav mejdunarodnogo turisticheskogo kompleksa Velikiy shelkoviy put, otkrilsya v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920
ShHT-2022: Samarqand sammiti
Samarqand 15-16 sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) davlat rahbarlari kengashi majlisiga mezbonlik qiladi.

Dunyoda bloklarga mansublik qayta tug‘ilishi xavfi yuzaga kelmoqda – Mirziyoyev

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev, arxivnoe foto
Shavkat Mirziyoyev, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.09.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidentining fikricha, dunyoda xavfli muammolar girdobidan chiqishning yakkayu yagona yo‘li – konstruktiv muloqot.
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) raisligi dunyo miqyosida shiddatli jarayonlar kechayotgan o‘ziga xos “tarixiy evrilish” pallasiga to‘g‘ri kelganini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bir tarixiy davr nihoyasiga yetmoqda hamda bashorat qilish mushkul bo‘lgan yangi bir davr boshlanmoqda.
“Xalqaro hamkorlikning universal prinsip va normalarga asoslangan tizimi izdan chiqib borayotgani bugungi kun haqiqatidir. Buning asosiy sabablaridan biri – global darajada davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonchning chuqur tanazzulga yuz tutayotgani bilan bog‘liq. Bu esa o‘z navbatida geosiyosiy qarama-qarshiliklarga rag‘bat berib, “bloklarga mansublik” stereotiplarining qayta tug‘ilish xavfini yuzaga keltirmoqda”, - deya yozadi Mirziyoyev o‘zining ShTHning Samarqand sammiti arafasida chop qilingan maqolasida.
Ta’kidlanishicha, davlatlar o‘rtasidagi bunday o‘zaro ishonchsizlik jarayoni jahon iqtisodiyotining avvalgi taraqqiyot yo‘liga qaytishini va global ta’minot zanjirlarining tiklanishini murakkablashtirmoqda.
Mirziyoyevning fikricha, global iqlim o‘zgarishi, tabiiy boyliklar va suv resurslari tanqisligining ortishi, bioxilma-xillikka putur yetishi hamda xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishi jamiyatlarning zaif tomonlarini yanada yaqqolroq ko‘rsatib bermoqda.
“Bunday murakkab sharoitda bir xaqiqat aniq: hech bir mamlakat yolg‘iz holda ushbu global xavf-xatarlarni chetlab o‘tish yoki bartaraf etishga qodir emas. Bugun biz yashayotgan, jarayonlar o‘zaro chambarchas bog‘langan dunyoda xavfli muammolar girdobidan chiqishning yakkayu yagona yo‘li – konstruktiv muloqot va har bir tarafning manfaatlarini hisobga olish va hurmat qilishga asoslangan ko‘p tomonlama hamkorlikdir”, - deya hisoblaydi prezident.
Davlat rahbari aynan inqiroz va bo‘hronlar davrida mamlakatlar, ular xoh katta, o‘rta yoki kichik bo‘lsin, o‘zlarining tor doiradagi manfaatlarini ustun qo‘ymasdan, aksincha, asosiy e’tiborni global hamjihatlikka qaratishlari lozimligini qayd etgan.
“Samarali xalqaro hamkorlik – bu dunyoda barqaror, ishonchli va farovon taraqqiyotning eng muhim omilidir. Aynan shunday yondashuv zamonamizning dolzarb muammolarini bahamjihat hal etish, yangi xavf-xatar va ijtimoiy larzalardan himoyalanish uchun eng aniq, maqbul va samarali yo‘l hisoblanadi”, - deya qo‘shimcha qilgan Mirziyoyev.
Eslatib o‘tamiz, Samarqand 15-16 sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ga a’zo mamlakatlar davlat rahbarlari kengashi majlisiga mezbonlik qiladi.
Samarqand shahrida ShHTga a’zo mamlakat rahbarlari 2019-yildan buyon ilk marta yuzma-yuz ko‘rishadi. Shuningdek, sammitda birinchi marta 15 mamlakat rahbari ishtirok etadi.
ShHT 2001-yilda tashkil etilgan xalqaro tashkilot. Unga Hindiston, Xitoy, Rossiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Pokiston a’zo. Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston kuzatuvchi mamlakat maqomiga ega. Samarqand sammitida Eronni tashkilotga to‘laqonli a’zo bo‘lishiga oid hujjat qabul qilinishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0