https://oz.sputniknews.uz/20220912/kurashchi-jasurbek-ortiqboev-28007801.html
Kurashchi Jasurbek Ortiqboyev jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi
Kurashchi Jasurbek Ortiqboyev jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Jasurbek Ortiqboyev jahon chempionatida yurtdoshlari orasida birinchi medalni qo‘lga kiritdi. 12.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-12T15:11+0500
2022-09-12T15:11+0500
2022-09-12T15:11+0500
sport
kurash
jahon chempionati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/0c/28007044_0:31:561:347_1920x0_80_0_0_f70a1dcb7bce7b445a06f2f6595fd53d.jpg
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Serbiya poytaxti Belgrad shahrida bo‘lib o‘tayotgan sport kurashlari bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Jasurbek Ortiqboyev bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.Qayd etilishicha, kecha, 11-sentabr kuni yunon-rum kurashi bo‘yicha -55 kg vazn toifasida ishtirok etgan Jasurbek Ortiqboyev chempionatda ishtirok etayotgan o‘zbekistonliklar orasida birinchi medalni qo‘lga kiritgan.Chorak finalda gruziyalik Nugzari Sursumiyaga 5:2 hisobida imkoniyatni boy bergan Jasurbek o‘tish bahsida iordaniyalik Mustafo Sulton Alqadini 11:0 hisobida, bronza medali uchun kechgan kurashda esa qozog‘istonlik Omongali Bekbolatovni 9:5 hisobida mag‘lub etib sovrindorlar safidan joy olgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/0c/28007044_0:0:561:422_1920x0_80_0_0_b58d2fd36cec457755ee5c47fa73131b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, kurash, jahon chempionati
sport, kurash, jahon chempionati
Kurashchi Jasurbek Ortiqboyev jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Jasurbek Ortiqboyev jahon chempionatida yurtdoshlari orasida birinchi medalni qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Serbiya poytaxti Belgrad shahrida bo‘lib o‘tayotgan sport kurashlari bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Jasurbek Ortiqboyev bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi
xabar berdi. Qayd etilishicha, kecha, 11-sentabr kuni yunon-rum kurashi bo‘yicha -55 kg vazn toifasida ishtirok etgan Jasurbek Ortiqboyev chempionatda ishtirok etayotgan o‘zbekistonliklar orasida birinchi medalni qo‘lga kiritgan.
Chorak finalda gruziyalik Nugzari Sursumiyaga 5:2 hisobida imkoniyatni boy bergan Jasurbek o‘tish bahsida iordaniyalik Mustafo Sulton Alqadini 11:0 hisobida, bronza medali uchun kechgan kurashda esa qozog‘istonlik Omongali Bekbolatovni 9:5 hisobida mag‘lub etib sovrindorlar safidan joy olgan.