https://oz.sputniknews.uz/20220911/zaporoje-aesdagi-oltinchi-energoblok-ishi-toxtatildi--27978146.html
Zaporojye AESdagi oltinchi energoblok ishi to‘xtatildi
Zaporojye AESdagi oltinchi energoblok ishi to‘xtatildi
Sputnik O‘zbekiston
Ukraina harbiylarining stansiyani muntazam o‘qqa tutishi sabab AES ishi to‘liq to‘xtatilishi mumkinligini qayd etilgan edi. 11.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-11T12:20+0500
2022-09-11T12:20+0500
2022-09-11T12:20+0500
dunyoda
zaporojye viloyati
aes
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/0b/27977987_0:139:3151:1911_1920x0_80_0_0_a2ce0675050119122377628eba001c77.jpg
TOShKENT, 11 sen — Sputnik. Zaporojye atom elektr stansiyasidagi (AES) ishlab turgan so‘nggi oltinchi energoblok ishi to‘xtatildi. Bu haqda Zaporojye viloyati ma’muriyati bosh kengashi a’zosi Vladimir Rogov ma’lum qildi.“So‘nggi bir necha kun ishlab turgan yagona oltinchi energoblok kichik quvvatda ishlayotgan edi. Tunda soat 3:45 da to‘xtatib qo‘yildi. Hozir elektr energiya ishlab chiqarmayapti”, - dedi u RIA Novosti bilan suhbatda.Viloyat hukumati Ukraina harbiylarining stansiyani muntazam o‘qqa tutishi sabab AES ishi to‘liq to‘xtatilishi mumkinligini qayd etgan edi.Zaporojye AES Dneprning chap qirg‘og‘ida, Energodar yonida joylashgan. Bu bloklar soni bo‘yicha eng katta va Yevropadagi eng kuchli atom elektr stansiyasidir. Mart oyidan beri AES rossiyalik harbiylar tomonidan qo‘riqlanadi. Rossiya TIV ma’lumotlariga ko‘ra, bu yadroviy va radioaktiv materiallarning sizib chiqishining oldini olish uchun zarur. Ukraina harbiylari Energodar, uning atrofidagi qishloqlar va shaharga tutash Zaporojye AES hududini muntazam ravishda o‘qqa tutishda davom etmoqdaSentabr boshida Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) rahbari Rafael Grossi boshchiligidagi tashkilot delegatsiyasi stansiyaga tashrif buyurdi.Tekshiruv natijasida missiyaning ikki nafar a’zosining stansiyada doimiy ravishda qolishiga qaror qilindi. Bundan tashqari, MAGATE Ukrainadagi yadro xavfsizligi bo‘yicha hisobotini e’lon qildi. Hujjatning salmoqli qismi agentlik mutaxassislarining atom elektr stansiyalaridagi missiyasiga bag‘ishlangan. Kuzatuvchilar radioaktiv chiqindilar va yangi yadro yoqilg‘isini saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus bo‘linmaga yetkazilgan zararni qayd etgan. Agentlik rasmiylari stansiya va uning atrofini o‘qqa tutishni to‘xtatishga chaqirgan.
zaporojye viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/0b/27977987_209:0:2940:2048_1920x0_80_0_0_79c548acbbfe1a325e904226ff290142.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, zaporojye viloyati, aes
dunyoda, zaporojye viloyati, aes
Zaporojye AESdagi oltinchi energoblok ishi to‘xtatildi
Ukraina harbiylarining stansiyani muntazam o‘qqa tutishi sabab AES ishi to‘liq to‘xtatilishi mumkinligini qayd etilgan edi.
TOShKENT, 11 sen — Sputnik. Zaporojye atom elektr stansiyasidagi (AES) ishlab turgan so‘nggi oltinchi energoblok ishi to‘xtatildi. Bu haqda Zaporojye viloyati ma’muriyati bosh kengashi a’zosi Vladimir Rogov ma’lum qildi.
“So‘nggi bir necha kun ishlab turgan yagona oltinchi energoblok kichik quvvatda ishlayotgan edi. Tunda soat 3:45 da to‘xtatib qo‘yildi. Hozir elektr energiya ishlab chiqarmayapti”, - dedi u
RIA Novosti bilan suhbatda.
Viloyat hukumati Ukraina harbiylarining stansiyani muntazam o‘qqa tutishi sabab AES ishi to‘liq to‘xtatilishi mumkinligini qayd etgan edi.
Zaporojye AES Dneprning chap qirg‘og‘ida, Energodar yonida joylashgan. Bu bloklar soni bo‘yicha eng katta va Yevropadagi eng kuchli atom elektr stansiyasidir. Mart oyidan beri AES rossiyalik harbiylar tomonidan qo‘riqlanadi. Rossiya TIV ma’lumotlariga ko‘ra, bu yadroviy va radioaktiv materiallarning sizib chiqishining oldini olish uchun zarur. Ukraina harbiylari Energodar, uning atrofidagi qishloqlar va shaharga tutash Zaporojye AES hududini muntazam ravishda o‘qqa tutishda davom etmoqda
Sentabr boshida Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) rahbari Rafael Grossi boshchiligidagi tashkilot delegatsiyasi stansiyaga
tashrif buyurdi.Tekshiruv natijasida missiyaning ikki nafar a’zosining stansiyada doimiy ravishda qolishiga qaror qilindi. Bundan tashqari, MAGATE Ukrainadagi yadro xavfsizligi bo‘yicha hisobotini e’lon qildi. Hujjatning salmoqli qismi agentlik mutaxassislarining atom elektr stansiyalaridagi missiyasiga bag‘ishlangan. Kuzatuvchilar radioaktiv chiqindilar va yangi yadro yoqilg‘isini saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus bo‘linmaga yetkazilgan zararni qayd etgan. Agentlik rasmiylari stansiya va uning atrofini o‘qqa tutishni to‘xtatishga chaqirgan.