Xorijliklar O‘zbekistonga qanday maqsadlarda kelmoqda?

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishTuristi na odnoy iz ulis Buxari.
Turisti na odnoy iz ulis Buxari. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.09.2022
Obuna bo‘lish
Chet el fuqarolarining O‘zbekistonga tashrifidagi asosiy 6 ta sababi ma’lum qilindi.
TOShKENT, 11 sen — Sputnik. 2022 yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonga kelgan chet el fuqarolarining asosiy qismining - 2 million 731 ming kishi - safardan maqsadi qarindoshlarini yo‘qlash bo‘lgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Avgust oyining o‘zida 577,4 ming nafar xorijlik qarindoshlarini yo‘qlash uchun O‘zbekistonga kelgan.
Sakkiz oy davomida mamlakatga kelgan chet el fuqarolarining qolgan safar maqsadlari:
xizmat yuzasidan — 44,5 ming (avgust oyida 7,7 ming nafar);
davolanish — 50,5 ming kishi (avgust oyida 6,1 ming nafar);
tijorat — 11,2 ming kishi (avgust oyida 2,2 ming nafar);
o‘qish maqsadida — 2,9 ming kishi (avgust oyida 0,5 ming nafar).
Eslatib o‘tamiz, yanvar-avgust oylarida 3 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga kelgan.
Yangiliklar lentasi
0