Toshkentdan Termizga uchgan samolyot noqulay ob-havo sabab Buxoroga qo‘ndi

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Mediabankka o‘tishSamolet Airbus A320 kompanii Uzbekistan Airways na vzletnoy polose aeroportovogo kompleksa "Platov" v Rostove-na-Donu.
Samolet Airbus A320 kompanii Uzbekistan Airways na vzletnoy polose aeroportovogo kompleksa Platov v Rostove-na-Donu. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.09.2022
Obuna bo‘lish
Toshkentdan Termizga uchgan samolyot kuchli shamol va chang bo‘roni tufayli Buxoro xalqaro aeroportiga qo‘ndi.
TOShKENT, 11 sen — Sputnik. Bugun Toshkentdan Termizga uchgan samolyot noqulay ob-havo sharoiti tufayli o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi. Bu haqda “Uzbekistan Airways” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

“Uzbekistan Airways” AJ matbuot xizmati 2022-yilning 11-sentabr kuni HY-065 Toshkent–Termiz yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovi Termiz shahridagi ob-havo sharoiti (kuchli qum shamoli) tufayli o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi. Havo kemasi Buxoro xalqaro aeroportiga qo‘ndi”, - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, hozirda 124 nafar yo‘lovchi Buxoro xalqaro aeroportida bo‘lib turibdi.
Termiz shahrida ob-havo o‘zgarishi bilan HY-065 aviaqatnovi belgilangan yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0