https://oz.sputniknews.uz/20220911/rossiyada-ilk-bor-rotavirusga-qarshi-vaktsina-yaratildi-27987069.html
Rossiyada ilk bor rotavirusga qarshi vaksina yaratildi
Rossiyada ilk bor rotavirusga qarshi vaksina yaratildi
Sputnik O‘zbekiston
Rotavirus – bu o‘tkir ichak yuqumli kasalligi hisoblanadi. Uni har qanday yoshda yuqtirib olish mumkin. 11.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-11T17:41+0500
2022-09-11T17:41+0500
2022-09-11T17:41+0500
rossiya
vaksina
olimlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/1c/19441158_0:97:3295:1950_1920x0_80_0_0_8b3e498baa78aae08cd2e5e845a0e24c.jpg
TOShKENT, 11 sen — Sputnik. Rospotrebnadzorning Rostov mikrobiologiya va parazitologiya ilmiy-tadqiqot instituti olimlari Rossiyada rotavirusga qarshi birinchi vaksinani yaratdi.Rospotrebnadzor xabariga ko‘ra, 2023-yilda vaksinani ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilyapti. Hozir uning klinik tadqiqotlari yakunlanmoqda.Rotavirus – bu o‘tkir ichak yuqumli kasalligi hisoblanadi. Uni har qanday yoshda yuqtirib olish mumkin, ammo 1,5 yoshdan 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda mazkur infeksiya bilan kasallanish holatlari ko‘proq uchraydi.Rotavirus infeksiyasi maishiy jihozlar, yuvilmagan qo‘llar, uy-ro‘zg‘or buyumlari, oziq-ovqat mahsulotlari orqali odamdan odamga yuqadi. Kasallik virusi asosan oshqozon-ichak yo‘lida tarqaladi, ovqat hazm qilish fermentlarini ishdan chiqaradi. Buning oqibatida tana harorati ko‘tarilib, ko‘ngil ayniydi, ich ketishi kuzatiladi. Bu jarayon bolalarda ancha og‘ir kechishi, organizm bir kecha-kunduzda bir litrdan ko‘proq suyuqlik yo‘qotishi mumkin. Shuningdek, u aksirish yoki yo‘talish orqali ham yuqishi kuzatilgan.O‘lim holatlari og‘ir suvsizlanish bilan kechadigan gastroenteritni rivojlanishi tufayli 1 yoshgacha bolalar o‘rtasida kuzatiladi.Rotavirus infeksiyasiga qarshi emlash epidemiologik ko‘rsatkichlarga ko‘ra Rossiya milliy emlash taqvimiga kiritilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/1c/19441158_202:0:2933:2048_1920x0_80_0_0_5ea7152570dcadc1c24671646ffd6eca.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, vaksina, olimlar
rossiya, vaksina, olimlar
Rossiyada ilk bor rotavirusga qarshi vaksina yaratildi
Rotavirus – bu o‘tkir ichak yuqumli kasalligi hisoblanadi. Uni har qanday yoshda yuqtirib olish mumkin.
TOShKENT, 11 sen — Sputnik. Rospotrebnadzorning Rostov mikrobiologiya va parazitologiya ilmiy-tadqiqot instituti olimlari Rossiyada rotavirusga qarshi birinchi vaksinani yaratdi.
Rospotrebnadzor
xabariga ko‘ra, 2023-yilda vaksinani ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilyapti. Hozir uning klinik tadqiqotlari yakunlanmoqda.
Rotavirus – bu o‘tkir ichak yuqumli kasalligi hisoblanadi. Uni har qanday yoshda yuqtirib olish mumkin, ammo 1,5 yoshdan 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda mazkur infeksiya bilan kasallanish holatlari ko‘proq uchraydi.
Rotavirus infeksiyasi maishiy jihozlar, yuvilmagan qo‘llar, uy-ro‘zg‘or buyumlari, oziq-ovqat mahsulotlari orqali odamdan odamga yuqadi. Kasallik virusi asosan oshqozon-ichak yo‘lida tarqaladi, ovqat hazm qilish fermentlarini ishdan chiqaradi. Buning oqibatida tana harorati ko‘tarilib, ko‘ngil ayniydi, ich ketishi kuzatiladi. Bu jarayon bolalarda ancha og‘ir kechishi, organizm bir kecha-kunduzda bir litrdan ko‘proq suyuqlik yo‘qotishi mumkin. Shuningdek, u aksirish yoki yo‘talish orqali ham yuqishi kuzatilgan.
O‘lim holatlari og‘ir suvsizlanish bilan kechadigan gastroenteritni rivojlanishi tufayli 1 yoshgacha bolalar o‘rtasida kuzatiladi.
Rotavirus infeksiyasiga qarshi emlash epidemiologik ko‘rsatkichlarga ko‘ra Rossiya milliy emlash taqvimiga kiritilgan.