Putin Charlz III ni tabriklagan birinchi prezident bo‘ldi – OAV

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishRabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Iran
Rabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Iran - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.09.2022
Obuna bo‘lish
Charlz III rasman Britaniya qiroli deb e’lon qilingandan so‘ng Putin unga tabrik telegrammasi yo‘llagan edi.
TOShKENT, 11 sen — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Buyuk Britaniya qiroli Charlz III ni taxtga o‘tirgani munosabati bilan tabriklagan birinchi prezident bo‘ldi. Bu haqda “Telegraph” gazetasi ma’lum qildi.
Kecha tongda Londondagi Avliyo Jeyms saroyida bo‘lib o‘tgan Vorislik kengashi yig‘ilishida Charlz III rasman Britaniya qiroli deb e’lon qilindi. Putin unga o‘sha kunning o‘zida tabrik telegrammasi yo‘lladi. Telegrammada Rossiya Federatsiyasi prezidenti monarxga muvaffaqiyat, sihat-salomatlik va eng yaxshi tilaklarini bildirgan.

“Vladimir Putin qirol Charlz III ni rasman taxtga o‘tirgani munosabati bilan tabriklagan birinchi xorijiy davlat yetakchisi bo‘ldi”, - deyiladi xabarda.

Qayd etish kerak, Rossiya prezidenti Buyuk Britaniyaning yangi qiroli bilan shaxsan tanish. 2003-yilda Vladimir Putin Buyuk Britaniyaga davlat tashrifi bilan borganida (diplomatik protokol bo‘yicha eng yuqori darajadagi safar) aynan Charlz III Putin va uning rafiqasi bilan samolyot zinapoyasida uchrashib, marhuma qirolicha Yelizaveta II salomini yetkazgan edi.
Ular oxirgi marta 2020-yilning yanvarida Quddusda uchrashgan va qo‘l berib ko‘rishgan.
Eslatib o‘tamiz, 8-sentabr kuni Bukingem saroyi mamlakatni 70-yildan ortiq boshqargan Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II Shotlandiyada 96 yoshida vafot etganini ma’lum qildi. Shundan so‘ng uning o‘g‘li Vorislik kengashida rasman Buyuk Britaniya qiroli Charlz III deb e’lon qilindi.
Yangiliklar lentasi
0