https://oz.sputniknews.uz/20220911/ozbekiston-shhtda-qancha-tashabbusni-ilgari-surgan-27984671.html
O‘zbekiston ShHTda qancha tashabbusni ilgari surgan
O‘zbekiston ShHTda qancha tashabbusni ilgari surgan
Sputnik O‘zbekiston
ShHTda O‘zbekiston 54 ta tashabbusni ilgari surgan va ularning asosiy qismi amaliyotga joriy etilgan. 11.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-11T15:58+0500
2022-09-11T15:58+0500
2022-09-11T15:58+0500
o‘zbekiston
shanxay hamkorlik tashkiloti (shht)
shht-2022: samarqand sammiti
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/03/26787609_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_cb05366cb21f288277df528b7e644a6b.jpg
TOShKENT, 11 sen — Sputnik. O‘zbekiston o‘tgan yillar mobaynida Shanhay Hamkorlik Tashkilotida ko‘plab muhim tashabbuslarni ilgari surgan va bugunga qadar ularning jami soni 54 tani tashkil qiladi. Bu haqda prezident huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bo‘lim boshlig‘i Bahromjon Sotiboldiyev ma’lum qildi.Qayd etilishicha, yana bir muhim tashabbus – ShHTga yangi a’zolarni qabul qilish mexanizmini ishlab chiqish bo‘lgan. Shundan so‘ng Hindiston va Pokiston tashkilotga a’zo bo‘ldi, Eron ham ShHTning to‘laqonli a’zosiga aylanish arafasida.Aytish kerakki, Hindiston va Pokistonning a’zoligi tashkilotga Janubiy Osiyo eshiklarini ochgan bo‘lsa, Eronning qo‘shilishi Yaqin sharq eshiklarini ochadi.Ma’lumot uchun, 2021-2022 yillarda O‘zbekiston ShHTga raislik qilmoqda. Tashkilotning navbatdagi sammiti 15-16 sentabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.Ayni paytda 2001-yilda tashkil etilgan ShHTga O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Xitoy, Hindiston va Pokiston kiradi. Ayni damda Eron tashkilotga to‘laqonli a’zo bo‘lishga tayyorlanmoqda. Afg‘oniston va Mo‘g‘uliston - kuzatuvchi-davlatlar hisoblanadi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/03/26787609_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_c6df7f70f503ea4e5437b568332190cc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, shanxay hamkorlik tashkiloti (shht)
o‘zbekiston, shanxay hamkorlik tashkiloti (shht)
O‘zbekiston ShHTda qancha tashabbusni ilgari surgan
ShHTda O‘zbekiston 54 ta tashabbusni ilgari surgan va ularning asosiy qismi amaliyotga joriy etilgan.
TOShKENT, 11 sen — Sputnik. O‘zbekiston o‘tgan yillar mobaynida Shanhay Hamkorlik Tashkilotida ko‘plab muhim tashabbuslarni ilgari surgan va bugunga qadar ularning jami soni 54 tani tashkil qiladi. Bu haqda prezident huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bo‘lim boshlig‘i Bahromjon Sotiboldiyev ma’lum qildi.
“O‘zbekiston shu paytga qadar uch marta ShHTga raislik qilgan – 2005-2006, 2009-2010 va 2015-2016 yillarda. Mana shu davrlarda O‘zbekiston 54 ta tashabbusni ilgari surdi va ularning asosiy qismi amaliyotga joriy etildi. Masalan, ShHT doirasida mintaqaviy aksilterror tuzilmasini tashkil etish mamlakatimizning taklifi va bu tuzilma Toshkent shahrida faoliyat olib bormoqda”, - dedi Sotiboldiyev. Uning so‘zlaridan O‘zA iqtibos keltirgan.
Qayd etilishicha, yana bir muhim tashabbus – ShHTga yangi a’zolarni qabul qilish mexanizmini ishlab chiqish bo‘lgan. Shundan so‘ng Hindiston va Pokiston tashkilotga a’zo bo‘ldi, Eron ham ShHTning to‘laqonli a’zosiga aylanish arafasida.
Aytish kerakki, Hindiston va Pokistonning a’zoligi tashkilotga Janubiy Osiyo eshiklarini ochgan bo‘lsa, Eronning qo‘shilishi Yaqin sharq eshiklarini ochadi.
“O‘zbekistonning 2017-yildan keyingi tashabbuslari nafaqat xavfsizlik, balki iqtisodiy, transport-logistika, madaniy-gumanitar, turizm sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilyapti”, - deya ta’kidladi ekspert.
Ma’lumot uchun, 2021-2022 yillarda O‘zbekiston ShHTga raislik qilmoqda. Tashkilotning navbatdagi sammiti 15-16 sentabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.
Ayni paytda 2001-yilda tashkil etilgan ShHTga O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Xitoy, Hindiston va Pokiston kiradi. Ayni damda Eron tashkilotga to‘laqonli a’zo bo‘lishga tayyorlanmoqda. Afg‘oniston va Mo‘g‘uliston - kuzatuvchi-davlatlar hisoblanadi.