Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Jigar sirrozining ba’zi alomatlari aytildi

© Depositphotos / Ryanking999Devushka derjit kartinku s izobrajeniyem pecheni v rukax
Devushka derjit kartinku s izobrajeniyem pecheni v rukax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.09.2022
Obuna bo‘lish
Jigar sirrozi — 35-60 yoshli insonlar o‘limiga sabab bo‘luvchi eng xavfli olti kasallikdan biri.
Tahlillarga ko‘ra, har yili dunyoda 1 milliondan ziyod kishi ushbu xastalik oqibatida hayotdan ko‘z yumadi.
Hozir jigar sirroziga xos asosiy alomatlar ko‘pchilikka yaxshi ma’lum. Ammo yashirin yoki yaqqol namoyon bo‘lmaydigan shunday simptomlar borki, ular orqali ham kasallik boshlanganini taxmin qilish mumkin.
Rus gepatologi Yelena Butenko shu haqda to‘xtalar ekan, tirnoqlarda oq dog‘lar va chiziqlar paydo bo‘lsa, shifokorga murojaat qilish lozimligini ta’kidlaydi.
Qolaversa, kaft va oyoq ostidagi yorqin qizarishlar ham jigar sirrozi alomati bo‘lishi ehtimoli mavjud. Bu jigar hujayralari yetishmovchiligi asoratidir.
Mutaxassis bu o‘rinda “baraban cho‘plari” degan o‘xshatishni ham keltirib o‘tadi. Uning qayd etishicha, og‘ir jigar xastaligida barmoqlar shu shaklga kirib, pastdan yuqoriga qarab yo‘g‘onlashishi kuzatiladi.
Shifokorning qo‘shimcha qilishicha, bunday holatda bemorning yuz qismida kapillyar tomirlari mayda to‘r singari ko‘rinish hosil qilishi ham mumkin.
Yangiliklar lentasi
0