Samarqandda bo‘lib o‘tadigan sammit ShHTning kelgusi rivoji uchun xizmat qiladi - Chjan Min

© Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishVstrecha glavi MID RF S. Lavrova i Generalnogo sekretarya ShOS Ch. Mina
Vstrecha glavi MID RF S. Lavrova i Generalnogo sekretarya ShOS Ch. Mina - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.09.2022
Obuna bo‘lish
ShHT bosh kotibi Chjan Minning fikricha, ShHTga a’zo davlatlar sentabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tadigan sammitdan konsensus va yechimlarni izlash imkoniyati sifatida foydalanadi.
TOShKENT, 9 sen — Sputnik. ShHT davlat rahbarlarining Samarqand sammiti mintaqaviy va xalqaro vaziyat yuzasidan konsensusga erishishga yordam beradi. Bu haqida tashkilot bosh kotibi Chjan Min “TASS” agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Shanxay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlarining Samarqandda bo‘lib o‘tadigan sammiti jahondagi yuqori notinch vaziyatda mintaqaviy va xalqaro vaziyat bo‘yicha davlatlar rahbarlari o‘rtasida konsensusga erishish, ShHTning kelgusi rivoji, tashkilot doirasidagi hamkorlikning rivojlanishiga xizmat qiladi.
Tashkilotning amaldagi raisi sifatida O‘zbekiston Samarqanddagi sammit kun tartibiga siyosat, xavfsizlik, iqtisodiyot, transport-kommunikassiyasi, gumanitar hamkorlik va boshqa sohalarda ko‘plab takliflarni ilgari surganini eslatdi. Hozirda barcha tomonlar bu masalalar yuzasidan faol maslahatlashuvlar o‘tkazmoqda.

“O‘ylaymanki, ShHTga a’zo davlatlar sentabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tadigan sammitdan yuqoridagi masalalar yuzasidan fikr almashish, konsensus va yechimlarni izlash imkoniyati sifatida foydalanadi”, deya xulosa qildi Chjan Min.

Yangiliklar lentasi
0