Qoraqalpog‘iston va Xorazmda yomg‘ir yog‘ishi mumkin – O‘zgidromet

© pixabay.com/guvo59Burya dojd
Burya dojd - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.09.2022
Obuna bo‘lish
Respublikada havo harorati +30-35 darajani, shimolda +23-28 darajani tashkil etadi.
TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Bu haqida O‘zgidromet xabar berdi.
Respublikada havo harorati +30-35 darajani, shimolda +23-28 darajani tashkil etadi.
Poytaxtda havo kam bulutli bo‘ladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati +32-34 daraja bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati +23-28 jaraja bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0