https://oz.sputniknews.uz/20220909/ozbekiston-va-turkmaniston-hamkorlikda-avtomobil-ishlab-chiqarishni-muhokama-qildi-27926799.html
O‘zbekiston va Turkmaniston hamkorlikda avtomobil ishlab chiqarishni muhokama qildi
O‘zbekiston va Turkmaniston hamkorlikda avtomobil ishlab chiqarishni muhokama qildi
Sputnik O‘zbekiston
Ikki davlat bosh vazirlari o‘rinbosarlari transport-logistika aloqalarini kengaytirish masalalarini ham ko‘rib chiqishdi. 09.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-09T15:10+0500
2022-09-09T15:10+0500
2022-09-09T15:10+0500
iqtisod
avtomobil
turkmaniston
investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/0f/21358381_0:161:3067:1886_1920x0_80_0_0_67b99253d64fbeb63b531a4f088c449f.jpg
TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev va Turkmaniston Bosh vaziri o‘rinbosari Botir Atdayev Toshkentda avtomobil va boshqa texnika vositalarini hamkorlikda ishlab chiqarishni tashkil etish masalalarini muhokama qildi. Bu haqida “RIA Novosti” xabar berdi.Uchrashuv davomida tomonlar Turkmaniston va O‘zbekiston o‘rtasida 2022-2025 yillarga mo‘ljallangan savdo-iqtisodiy hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish dasturini amalga oshirish istiqbollarini ko‘rib chiqishdi.Bundan tashqari, bosh vazir o‘rinbosarlari joriy yil oxirigacha savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik bo‘yicha Turkmaniston-O‘zbekiston qo‘shma hukumatlararo komissiyasining navbatdagi 17- majlisini o‘tkazish imkoniyatlarini muhokama qilishdi.Ikki davlat vakillari transport-logistika aloqalarini kengaytirish, jumladan, ikki davlat hududi orqali yuklar tranzitini rag‘batlantirish, dengiz portlari imkoniyatlaridan foydalangan holda xalqaro transport yo‘laklari bo‘ylab tajriba-sinov tashishni tashkil etish masalalarini ham ko‘rib chiqishdi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/0f/21358381_576:80:3038:1927_1920x0_80_0_0_0a4b70b0d27198d6d8f88c21ddb5d2c3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, avtomobil, turkmaniston, investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
iqtisod, avtomobil, turkmaniston, investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
O‘zbekiston va Turkmaniston hamkorlikda avtomobil ishlab chiqarishni muhokama qildi
Ikki davlat bosh vazirlari o‘rinbosarlari transport-logistika aloqalarini kengaytirish masalalarini ham ko‘rib chiqishdi.
TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev va Turkmaniston Bosh vaziri o‘rinbosari Botir Atdayev Toshkentda avtomobil va boshqa texnika vositalarini hamkorlikda ishlab chiqarishni tashkil etish masalalarini muhokama qildi. Bu haqida “RIA Novosti” xabar berdi.
Uchrashuv davomida tomonlar Turkmaniston va O‘zbekiston o‘rtasida 2022-2025 yillarga mo‘ljallangan savdo-iqtisodiy hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish dasturini amalga oshirish istiqbollarini ko‘rib chiqishdi.
Bundan tashqari, bosh vazir o‘rinbosarlari joriy yil oxirigacha savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik bo‘yicha Turkmaniston-O‘zbekiston qo‘shma hukumatlararo komissiyasining navbatdagi 17- majlisini o‘tkazish imkoniyatlarini muhokama qilishdi.
“Bundan tashqari, tomonlar Turkmanistonda birgalikda avtomobillar, qishloq xo‘jaligi texnikasi va maishiy texnika ishlab chiqarishga qiziqish bildirdi”, deyiladi xabarda.
Ikki davlat vakillari transport-logistika aloqalarini kengaytirish, jumladan, ikki davlat hududi orqali yuklar tranzitini rag‘batlantirish, dengiz portlari imkoniyatlaridan foydalangan holda xalqaro transport yo‘laklari bo‘ylab tajriba-sinov tashishni tashkil etish masalalarini ham ko‘rib chiqishdi.