Karl III ertaga rasman Buyuk Britaniyaning qiroli sifatida e’lon qilinadi

© AP PhotoPrins Charlz
Prins Charlz - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.09.2022
Obuna bo‘lish
Qoidalarga ko‘ra, marosim avvalgi monarx vafotidan keyin bir kun ichida o‘tkazilishi kerak, ammo bu safar u keyinroq amalga oshiriladi. Shanba kuni Sent-Jeyms saroyida maxsus kengash yig‘iladi.
TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Karl III 10-sentabr kuni onasi qirolicha Yelizaveta II vafotidan so‘ng rasman Britaniya taxtiga o‘tiradi.
Karl qirolichaning o‘limidan keyin, sobiq taxt vorisi sifatida, avtomatik tarzda qirolga aylandi. Biroq, Independent yozishicha, an’anaga ko‘ra, Valiahdlik bo‘yicha kengash tomonidan rasmiy marosim o‘tkazilishi kerak. Uning ishtirokchilari monarxning vafotidan keyin 24 soat ichida Sent-Jeyms saroyida yig‘ilishi lozim.
Qayd etilishicha, bu safar marosim kechroq amalga oshiriladi, chunki tayyorgarlik uchun yetarlicha vaqt bo‘lmagan.
Shu bilan birga Kengash qirolichaning o‘limidan keyingi birinchi parlament yig‘ilishiga qadar bo‘lib o‘tishi kerak, undan esa, o‘z navbatida, iloji boricha tezroq yig‘ilish talab qilinmoqda.
Tarixiy nuqtayi nazardan, Valiahdlik bo‘yicha kengashda monarxning maslahatchilaridan iborat bo‘lgan Maxfiy kengashning butun tarkibi ishtirok etadi va yangi qirolning rasman taxtga o‘tqizilishini kuzatadi. Biroq ularning soni 700 dan ortiq bo‘lgani sababli, cheklovlar kiritilgan. Marosimda qatnashish uchun Maxfiy kengashning 200 nafar a’zosigina taklif qilingan.
Elatib o‘tamiz, qirolicha Yelizaveta II 96 yoshida Shotlandiyadagi Balmoral qasrida vafot etdi.
Uning o‘g‘li, 73 yoshli shahzoda Charlz avtomatik tarzda qirolga aylandi va o‘ziga Charlz III nomini oldi. Yelizaveta II doimiy shifokor nazorati ostida bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0