Yevropaliklar Putin ularni mag‘lub etgan deb hisoblashmoqda
21:27 09.09.2022 (yangilandi: 18:39 05.04.2023)
© © AP Photo / Petr David Josekmitingi v Yevrope
© © AP Photo / Petr David Josek
Obuna bo‘lish
Qish yaqinlashishi bilan aksariyat yevropaliklar endi qanday yashash kerakligi bo‘yicha jiddiy o‘ylashmoqda. Eski dunyoning yirik shaharlarida mitinglar, ish tashlashlar, namoyishlar, norozilik aksiyalari soni ortib bormoqda.
Yevropa OAVlari oxirigacha bu mavzu haqida jim turishga harakat qilishdi. Viloyat gazetachalari bunaqa mavzularni yoritishga tavakkal qilib ko‘rishdi. Biroq, endi oylikdagi mahalliy propagandachilar ham tan olishga majbur: saylovchilar ison qilishni boshlashdi.
Germaniya so‘llar partiyasi yetakchisi, Sharqiy Berlinda tug‘ilgan Martin Shirdevan hukumatga “noroziliklarga to‘la issiq kuz”ni va’da qilmoqda.
Noroziliklar geografiyasi ham - Pragadan Lissabongacha, Londondan -Leypsiggacha - ko‘p vektorliligi ham hayratlantiradi. Maydonlarga o‘nglar ham, so‘llar ham, an’anachilar-u sotsialistlar ham, libertarianlar-u anarxistlar ham chiqishmoqda. Propaganda ularni “marginallar” va “protofashitlar” deb “e’tirof etmoqda”, ammo ularning bunday eski “yorliqlar”i hech kimni ta’sirlantirmay qo‘ygan.
Qanday siyosiy qatlamga taaluqli bo‘lmasin, ularning barchasini qishda nima bo‘lishi qo‘rquvi birlashtiradi. Kommunal xizmatlarni qanday to‘lash, oziq-ovqatlar va dorilarni qaysi pulga sotib olish, agar oylik maoshlar oshmasa, rekord inflyatsiyani qanday uddalash- barchasi noma’lum. Ustiga-ustak korxonalar inqirozga uchrab, umuman oyliklar berilmaydigan holatga tushganda nimalar bo‘lishi ham.
Elitalar orasida mashhur bo‘lgan “hammasiga Putin aybdor” kabi gaplar ham ta’sir qilmay qo‘ygan. Bu “ayblov” boshidanoq ahmoqona va bema’ni edi. Endi esa, Rossiya yaxshi niyat va muzokaralarga tayyor ekanligini (aytaylik “ukrain doni bo‘yicha kelishuv”) bir necha bor namoyish etgandan so‘ng barchasi tumandek tarqadi.
Yevropaliklar Rossiyaga qarshi sanksiyalar ularning o‘zlariga ta’sir qilayotganini, ta’sir qilganda ham rossiyaliklarga qaraganda kuchliroq zarba berayotganini his qilishmoqda. Bu shunchaki “yashash narxi inqirozi”. Yevropaning keng ko‘lamli kashshoqlashuvi shunday ataladi. Bu Eski dunyoni shu qadar tushkunlikka tushurishi mumkinki, u bu holatda o‘nlab yillar chiqa olmasligi mumkin.
Hozirgi holat hatto AQSh Yaponiyani xarob qilgan davrlarga juda o‘xshaydi. Urushdan so‘ng amerikaliklar kunchiqar mamlakatni kapitalizm vitrinasiga aylantirish va o‘sha paytda ancha kuchli bo‘lgan kommunistlar hukumatga kelmasligi uchun ongli ravishda uning iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlashdi.
Ammo 80 -yillarga kelib AQSh o‘ziga qarshi qudratli raqobatchini o‘stirganini anglab yetdi. So‘ngra AQSh Yaponiyaga qarshi yirik sanoat urushini boshladi, tariflar bilan qo‘llarini qayirdi, Plaza kelishuvini imzolashga majburladi. Va tamom- raqobatchi halok bo‘ldi, 1985-yildan buyon iyena devalvatsiyaga uchradi, Yaponiya iqtisodiyoti tubsizlikka quladi va hanuzgacha undan chiqishga harakat qilmoqda.
Vashington tomonidan Yevropaga yuklangan Rossiyaga qarshi sanksiyalar - xuddi o‘sha savdo-sotiq urushining o‘zginasi. Ayni paytda AQShda gaz Yevropadagi narxga qaraganda 10 barobar arzon. Bu nafaqat amerikaliklarning turmush darajasini ko‘taradi, balki ularning ishlab chiqarish sohalariga ulkan raqobatbardoshlik ustunligini beradi. Yevropa tovarlari halokatga mahkum, bu esa zavodlar, fabrikalar, sanoat va ijtimoiy hayotiga o‘qilgan hukmdir.
Oddiy yevropaliklar ham bu hiylalarni anglay boshlashdi. Avstriyada 40 % aholi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qo‘llab -quvvatlamaydi. Italiyada esa 51%. 80% germaniyaliklar esa mamlakat hukumati Ukrainaga qurol yetkazib berishni to‘xtatishi va mojaroga tinch yo‘l bilan yechim topish kerak deb hisoblaydi.
Xuddi shunday g‘oyalar bilan o‘n minglab yevropaliklar Praga va Leypsigda, Magdeburg va Sofiyada mitinglarga chiqishmoqda. Albatta, bunday ming kishilik chiqishlarda ham mahalliy propaganda zudlik bilan “Putinni ayblaydi”. Aytishlaricha, aynan ruslar Yevropaning ulkan kengliklarida - Portugaliya plyajlaridan Polsha botqoqlarida norozilik keltirib chiqarishapti emish.
Buni Yevropa fuqarolari shunchaki oxirgi jamg‘armalarini ovqat va elektr uchun to‘layotganinini yaxshi anglayotganidan emas balki hammasini Rossiya propagandasi qilyapti. So‘z erkinligiga tupurgan holda uni qanchalar taqiqlashmasin, yopishmasin, u qandaydir qilib yevropaliklarga borar ekanda, ularni ison qilishga majburlar ekan. “Putinning demokratiyaga hujumi muvaffaqiyatli chiqdi- Yevropaga bir qarang” g‘am-g‘ussa bilan xabar beradi Politico.eu.
G‘arblik hamkorlarga quloq tutsangiz, ular butun dunyoni Kreml boshqarmoqda deydi. AQShda prezidenti ham u saylaydi - yaqinda Jo Bayden ruslar Amerika saylovlariga aralashishi mumkin degan bahonada mamlakatda favqulodda holat rejimini uzaytirdi. Yevropada ham benzin, elektr va oziq-ovqatlarga ham, ha Kreml narx qo‘yadi. Mana, endi esa fuqarolarni norozilik namoyishlariga chiqishga majburlayapti.
Biroq, achinarli haqiqat shundaki, bularni amalga oshirish uchun Kreml ovora bo‘lishi shart emas. Sheriklarning o‘zlari hammasini uddalashapti. Hozir ko‘z o‘ngimizda AQSh Eski dunyoni oz bo‘lsa ham tog‘lar qiroli bo‘lish maqsadida xarob qilmoqda. Yevropaning hozirgi achinarli ahvoli- bu Putinning g‘alabasi emas, balki Yevropa elitasining o‘z mamlakatlari va millatlarini Vashington ixtiyoriga so‘zsiz topshirib qo‘yishganining natijasidir.
Xalqlar ison qilmoqda: ular bunday bo‘lishini bilishmagan. Ammo bu yerda ikkinchi murakkab savol o‘rtaga tushadi. Xo‘p, ko‘cha norozilik namoyishlari siyosatni o‘zgartira oladimi?
Barcha isonlar befoyda degan fikr hammaga ma’lum. Politsiya o‘z ishini biladi. Bu sizga miting ishtirokchilarini asrab-avaylaydigan Rossiyaning Mordori emas. Bunda hammasi demokratiyaga asoslangan: rezina o‘qlari, ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz, politsiya ovcharkalari, yirik jarimalar va haqiqiy qamoq muddatlari degani.
Yana shunisi aniqki, ming kishilik olomon umumiy rahbariyat va o‘z o‘rnida umumiy maqsad va strategiyaga ega emas. Bu xarizmatik yetakchi tomonidan boshqariladigan tashqiliy olomon emas, balki o‘z manfaatlari bilan birlashgan odamlar guruhchalari. Ular ko‘pincha bir-birlari bilan dushman bo‘ladi. Masalan Antifa jangovar bo‘linmalari qanchalar provakatsion rol o‘ynashayotganlarini hamma ko‘rib turibdi. Bularning barchasi mahalliy qo‘riqlash, provokatorlar va chaqimchilar tomonidan uyushtirilgani ma’lum.
Dissidentlar ustidan qattiq nazorat hukumatga norozilik harakatlarini tashkil qilish imkonini beradi. Avvaliga odamlarni tinchlantirishadi, keyin esa faollarni ayblashadi, potensial yetakchilar zararsizlantiriladi. Shuning uchun G‘arbdagi barcha keng miqyosli norozilik namoyishlarining taqdiri bir xil. Qani, o‘zini juda katta boylarga qarshi ko‘rsatgan Occupy Wall Street harakati qayerga ketdi!? “Sariq jiletlilar”, yuk mashinasi haydovchilari, fermerlar qayoqqa yo‘qoldi?
Ustiga-ustak saylov mexanizmlari elitalarni xalq olomonlaridan qattiq himoya qiladi. Saylovchilarning o‘z yetakchilarini o‘zgartirish imkoniyatlari yo‘q. Masalan, nemislar yoqtirmaydigan mamlakat tashqi ishlar vaziri Annalena Verbok hatto saylovchilar xohishiga qaramasdan Ukraina manfaatlarini qo‘llashini aytdi. Bularni u Vashingtonga namoyishkorona qasamod kabi ingliz tilida aytgan. Biroq nemislar Annalenani lavozimidan tushura olmaydi va boshqa siyosatchini qo‘ya olmaydi. Bunday mexanizmlar yo‘q. Bo‘lgan taqdirda ham - hokimiyatning yuqori bo‘g‘inida hammasi shu qadar mustahkamlanganki, mustaqil siyosatchi u tomonlarga yetib bora olmaydi.
Biroq, hammasi oson emas. Birinchidan, so‘nggi 75-yillarda o‘ziga to‘q va bevosh Yevropa biror marta ham bunday qo‘rqinchli qish ostonasida turgan emas. Va bo‘lajak norozilik namoyishlarining ko‘lamini biz hatto tasavvur qila olmaymiz.
Ikkinchidan, Yevropada vashingtonlik buyruqbozlarning manfaatlaridan o‘z xalqi manfaatlarini ustun qo‘yadigan siyosatchilar ham bor. Yo‘q, biz hozir Viktor Orban haqida eslamadik. Vaholanki, u deyarli har kuni Amerika ta’siriga qarshi kurashish mumkinligi va buning uchun hech narsa bo‘lmasligini namoyish etib kelmoqda.
Avstriya yerlarining ko‘plab rahbarlari bugungi kunda Venaga bosim o‘tkazib, tezroq Moskva bilan kelishishni talab qilmoqda. Bu tushunarli: aynan ular bu qishda xalqning g‘azabiga uchrashi mumkin. Sanksiyalarga nisbatan munosabat har doimgidan yomon. “Hech nima toshga o‘yilgan emas”- deb mulohaza qilmoqda Yuqori Avstriya yerlari rahbari Tomas Shtelter. Siyosatchining fikriga ko‘ra, agar sanksiyalar turmushga katta zarra keltirsa, Avstriyaning ularga nisbatan yondashuvini o‘zgartirish lozim. Bunday aqlli rahbarlar to‘s-to‘polonlar paytida yetakchi bo‘lish imkoniyatlarga ega bo‘lishlari mumkin.
Italiyadagi saylovlar natijalariga ham ko‘p narsa bog‘liq. U yerda odamlar Rossiya tomon partiyalarni qo‘llab-quvvatlashmoqda. Sentabr oyiga kelib ular Italiya Parlamentida ham g‘alaba qozonishlari va u yerda Kreml do‘stlari koalitsiyasi paydo bo‘lishi ehtimoli ham yo‘q emas. Jorj Meloni (“Italiya aka-ukalari”) 2018-yilda Putinning prezidentlikka qayta saylanishini qo‘llab-quvvatlagan edi, Matteo Salvini (“Liga”, sobiq “Shimol Ligasi”) qizil Maydonda Putin portreti tushirilgan futbolkada suratga tushgan. Silvio Berluskoni esa umuman tanishtirishga hojat yo‘q.
Ammo, eng muhimi hatto bu emas. Asosiysi yevropaliklar uyg‘onishmoqda va Vashington ular uchun valine’mat ham, himoyachi ham, xamoni dollarga to‘la amerikalik ezgu niyatli amaki emasligini, balki xavfli, prinsipsiz va ancha shafqatsiz dushman ekanini ommaviy anglab yetishmoqda. U hatto talon-taroj qilish, o‘ldirish yo‘lidan ham qaytmaydi, uning siyosati esa Yevropaning achinarli o‘tmishini yodga soladi.
“So‘nggi yillarda demokratik huquqlarning buzilishi boshlandi, fashizm yo‘nalishiga olg‘a yurish shakllandi”, - deydi sotsialistik “Hurfikrlilar ligasi” yetakchisi Kluas Xartmann Berlinda bo‘lib o‘tgan mitingda. U fashizmda g‘arb mulozimlari orasida qabul qilingandek Moskvani emas, balki Vashingtonni aybladi. Va Germaniyaning Oq uyning deyarli vassaliga aylanganini aytdi.
“Amerikalik sherik sening dushmaning emas” degan xomxayoldan voz kechish tez sodir bo‘ladigan jarayon emas. Ammo, bu jarayon boshlandi. Ehtimol, buni barcha yevropaliklar anglab yetishar. Chunki Rossiyada ham buni tezda anglamagan edik.