https://oz.sputniknews.uz/20220909/baa-kompaniyalari-talimarjon-iesni-modernizatsiya-qilishga-investitsiyalar-kiritadi-27929258.html
BAA kompaniyalari Talimarjon IESni modernizatsiya qilishga investitsiyalar kiritadi
BAA kompaniyalari Talimarjon IESni modernizatsiya qilishga investitsiyalar kiritadi
Sputnik O‘zbekiston
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirli Birlashgan Arab Amirliklari Mubadala va TAQA kompaniyalari bilan bitim imzoladi. 09.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-09T17:02+0500
2022-09-09T17:02+0500
2022-09-09T17:02+0500
iqtisod
baa
issiqlik elektr stansiyasi (ies)
investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/09/27929389_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_db493032fd61b33ef7cd921941a8a623.jpg
TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Mubadala va TAQA Talimarjon IESni modernizatsiya qilishga investitsiyalar kiritadi. Bu haqida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabar berdi.Toshkentda Birlashgan Arab Amirliklari Mubadala va TAQA kompaniyalari Talimarjon IESga keng ko‘lamli investitsiyalar kiritishlarini nazarda tutuvchi bitimlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.Imzolangan bitimlar Talimarjon issiqlik elektr stansiyasini boshqaradigan qo‘shma korxona tashkil etishni nazarda tutadi.BAA kompaniyalarining investitsiyalari qo‘shma korxonaning 300 mln dollarlik ustav kapitalidagi 80 foiz ulushi uchun to‘lov hamda ilgari "Talimarjon IES" tomonidan jalb qilingan taxminan 700 mln dollarlik kreditlarni to‘lashga yo‘naltiriladigan mablag‘lardan iborat.Shunday qilib, BAA kompaniyalari Talimarjon IESga deyarli 1 mlr dollar sarmoya kiritmoqda.Ushbu qurilmalar tabiiy gazdan foydalanish, ishlab chiqarish samaradorligi koyeffitsiyenti va atmosferaga chiqarilayotgan chiqindilar darajasi bo‘yicha an’anaviy bug‘ elektr stansiyalaridan bir necha baravar ustundir.Erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish Talimarjon IESning texnologik darajasi va ishonchliligini sezilarli darajada oshiradi, aholi, ijtimoiy soha va ishlab chiqarish ob’ektlarni barqaror va sifatli elektr toki bilan ta’minlaydi.Ma’lumot uchun, Mubadala Abu-Dabi hukumatiga tegishli bo‘lgan va dunyoning 30 dan ortiq mamlakatlarida faoliyat yuritayotgan investitsiya kompaniyasi. Kompaniyaning investitsiya portfeli aerokosmik, agrobiznes, AKT, metallga ishlov berish, tog‘ - kon sanoati, kommunal xizmatlar kabi sohalardagi loyihalarni o‘z ichiga oladi. Kompaniyaning umumiy aktivlari 250 milliard dollardan oshadi.TAQA - bu ADQ investitsiya xoldingiga tegishli bo‘lgan va dunyoning 11 dan ortiq mamlakatlarida faoliyat yuritadigan energetika sohasidagi kompaniya. Kompaniya aktivlarining umumiy qiymati 80 milliard dollardan oshadi.
baa
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/09/27929389_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_55a73012575f224f548e7a3a8a7e3106.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, baa, issiqlik elektr stansiyasi (ies) , investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
iqtisod, baa, issiqlik elektr stansiyasi (ies) , investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
BAA kompaniyalari Talimarjon IESni modernizatsiya qilishga investitsiyalar kiritadi
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirli Birlashgan Arab Amirliklari Mubadala va TAQA kompaniyalari bilan bitim imzoladi.
TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Mubadala va TAQA Talimarjon IESni modernizatsiya qilishga investitsiyalar kiritadi. Bu haqida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabar
berdi. Toshkentda Birlashgan Arab Amirliklari Mubadala va TAQA kompaniyalari Talimarjon IESga keng ko‘lamli investitsiyalar kiritishlarini nazarda tutuvchi bitimlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
“Kelishuvlarning amalga oshirilishi O‘zbekistonning eng yirik elektr stansiyasini modernizatsiya qilish va quvvatini kengaytirishga imkon beradi”, deyiladi xabarda.
Imzolangan bitimlar Talimarjon issiqlik elektr stansiyasini boshqaradigan qo‘shma korxona tashkil etishni nazarda tutadi.
BAA kompaniyalarining investitsiyalari qo‘shma korxonaning 300 mln dollarlik ustav kapitalidagi 80 foiz ulushi uchun to‘lov hamda ilgari "Talimarjon IES" tomonidan jalb qilingan taxminan 700 mln dollarlik kreditlarni to‘lashga yo‘naltiriladigan mablag‘lardan iborat.
Shunday qilib, BAA kompaniyalari Talimarjon IESga deyarli 1 mlr dollar sarmoya kiritmoqda.
Imzolangan bitimlar BAA kompaniyalari uchun Talimarjon IES va boshqa issiqlik elektr stansiyalarini elektr energiyasi ishlab chiqarishning kombinatsiyalashgan siklining eng zamonaviy bug‘ - gaz qurilmalari bilan jihozlash orqali ularning ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga qo‘shimcha investitsiyalar kiritish imkoniyatini beradi.
Ushbu qurilmalar tabiiy gazdan foydalanish, ishlab chiqarish samaradorligi koyeffitsiyenti va atmosferaga chiqarilayotgan chiqindilar darajasi bo‘yicha an’anaviy bug‘ elektr stansiyalaridan bir necha baravar ustundir.
Erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish Talimarjon IESning texnologik darajasi va ishonchliligini sezilarli darajada oshiradi, aholi, ijtimoiy soha va ishlab chiqarish ob’ektlarni barqaror va sifatli elektr toki bilan ta’minlaydi.
Ma’lumot uchun, Mubadala Abu-Dabi hukumatiga tegishli bo‘lgan va dunyoning 30 dan ortiq mamlakatlarida faoliyat yuritayotgan investitsiya kompaniyasi. Kompaniyaning investitsiya portfeli aerokosmik, agrobiznes, AKT, metallga ishlov berish, tog‘ - kon sanoati, kommunal xizmatlar kabi sohalardagi loyihalarni o‘z ichiga oladi. Kompaniyaning umumiy aktivlari 250 milliard dollardan oshadi.
TAQA - bu ADQ investitsiya xoldingiga tegishli bo‘lgan va dunyoning 11 dan ortiq mamlakatlarida faoliyat yuritadigan energetika sohasidagi kompaniya. Kompaniya aktivlarining umumiy qiymati 80 milliard dollardan oshadi.